Skip to main content

Flymart bilan ishlash uchun qo'llanma

1. Muqaddima

Siz o‘z tovar yoki mahsulotingizni taqdim etasiz, biz esa ularni sotamiz, xaridorlarga tez, sifatli va ko‘p miqdorda yetkazib beramiz.

Siz bizning bebaho hamkorimizsiz, biz esa xaridor uchun ishlaymiz.

FLYMART – bu onlayn savdo maydoni, internet-sayti orqali sotuvchilarning tovarlarini sotish va targ‘ib qilish uchun mo‘ketpleys.

Sotuvchi – bizning hamkorimiz, aholi uchun mo‘ljallangan tovarlar chakana savdosi bilan savdo qilish huquqiga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaxs).

Sizda sotish uchun o‘z tovaringiz bor, siz mahsulot ishlab chiqaruvchisiz yoki uning rasmiy dilersiz, siz chet eldan tovar olib kirasiz, siz xususiy savdogarsiz, siz omadli tadbirkorsiz. Siz ko‘proq tovar sotib ko‘proq daromad olmoqchisiz, sizga xaridorlar kerak, sizga do‘konlar, rastalar, kassa va yetkazib beruvchilar kerak.

Bizda esa haftada 7 kun, dam olish kunlarisiz ishlaydigan onlayn savdo maydoni bor. Sizning mahsulotingizni qabul qilib olish uchun bizda barcha vositalar mavjud. Bizning tajribamiz va doimiy mijozlarimiz bor. Biz tovarlarni o‘zimiz xaridorlarga yetkazib beramiz va kassa cheklarini rasmiylashtiramiz. Biz sizga tovarlaringiz hisobini va savdo hisobotlarini taqdim etamiz.

Sizdan talab qilinadiganlar narsa - ofertani qabul qilish va biz bilan birga sotishni boshlash.

Biz sizga qanday tovar yetkazib berishni va qanday qilib daromad olishni o‘rgatamiz, ko‘rsatamiz va yordam beramiz. Ushbu qo‘llanmada onlayn platformamiz orqali savdo qilishni boshlash uchun kerakli barcha ko‘rsatmalarni topasiz.

2. Tovar va sotuvchilarga qo‘yilgan talablar

2.1. Sotuvchilarga qo‘yilgan talablar

Flymart sotuvchisi sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor, yaʼni jismoniy shaxs ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Sotuvchilar chakana savdo savdo bilan shug‘ullanish huquqiga yoki o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni chakana sotish huquqiga ega bo‘lishlari kerak.

Chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tovarlarni sotib olish faktini tasdiqlovchi hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda esa savdo nuqtalarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishi shart.

Yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor quyidagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqiga ega:

  • yakka tartibdagi tadbirkorning faqat o‘zi bevosita olib kelgan import tovarlar;
  • o‘zi ishlab chiqargan (sotish taʼqiqlanmagan) tovarlar;
  • boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan, ular tomonidan ishlab ishlab chiqarilgan tovarlar;
  • Sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bor bo‘lgan taqdirda, boshqa mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar tovarlari;

Savdoga qo‘yiladigan tovarlar assortimenti sotuvchi tomonidan o‘z faoliyati yo‘nalishi va ixtisosligiga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi.

Flymart savdo maydonida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida chakana savdo orqali sotish taqiqlangan tovarlarni sotish taqiqlangan. Bundan tashqari, Flymart o‘zining savdo maydonida ayrim toifadagi tovarlarni sotishni cheklash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Taqiqlangan toifadagi tovarlar haqida ko‘proq maʼlumotni «Taqiqlangan tovarlar ro‘yxati» bo‘limida o‘qishingiz mumkin.

Sotuvchilar taqiqlangan tovarlarni sotuvga chiqarmasligi kerak.

Sotuvchilar O‘zbekiston Respublikasining savdo, elektron tijorat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha barcha qonunlariga rioya qilishlari shart.

2.2. Taʼqiqlangan tovarlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Flymart qoidalariga ko‘ra savdo maydonida quyidagi toifadagi tovarlarni sotish taʼqiqlanadi:| Tovar turlari | Taʼqiqlash asoslari | | --- | --- | | Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Axloqsizlik yoki buzuqlik xususiyatidagi predmetlar | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Kontrafakt va qaroqchilik predmetlari | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Musodara qilingan, egasiz mol-mulk, vorislik huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulk va xazinalar | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Qurol va o‘q-dorilar, ularning qismlari va aksessuarlari, zaharli moddalar | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Rentgen apparatlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanadigan asboblar va jihozlar | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Uran, boshqa parchalanuvchi materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Qurol-yarog‘lar va o‘q-dorilar, harbiy himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, ular uchun butlovchi qismlar va qurilmalar, portlovchi moddalar, pirotexnika buyumlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar | Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori | | Dorilar, inʼektsion vositalar, tibbiy buyumlar (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, tibbiy testlar, ekspress testlar, test tizimlari, ekspress analizlar, steroidlar, anaboliklar, kasallik qo‘zg‘atuvchilar). | Flymart ko‘rsatilgan toifadagi tibbiy buyumlarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi. | | Biologik Faol Qo‘shimchalar | Flymart ko‘rsatilgan toifadagi tibbiy buyumlarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi. | | Elektron sigaretalar, elektron sigaretalar uchun suyuqliklar, kartrijlar, zaxira konteynerlar va ularning qismlari; tamakini qizdirish tizimlari, chilimlar | Flymart ko‘rsatilgan toifadagi, yoshga doir cheklovlarga ega bo‘lgan tovarlarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi | | Energetik ichimliklar | Flymart ko‘rsatilgan toifadagi, yoshga doir cheklovlarga ega bo‘lgan tovarlarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi | | Kattalar uchun mahsulotlar | Flymart ko‘rsatilgan toifadagi, yoshga doir cheklovlarga ega bo‘lgan tovarlarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi | | Arzonlashtirilgan tovarlar | Flymart arzonlashtirilgan tovarlarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi | | Foydalanilgan tovarlar | Flymart foydalanilgan tovarlarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi | | Bepul tarqatish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar | Sotuv uchun mo‘ljallanmagan | | Hayvonlar, o‘simliklar va hasharotlar | Flymart tirik organizmlar va o‘simliklarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi. | | Yangi uzilgan sabzavot, ho‘l meva, uzum, rezavor meva, subtropik o‘simliklar, yong‘oq mevalar, poliz mahsulotlari, qo‘ziqorin, yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, kartoshka | Flymart ushbu toifadagi meva-sabzavot mahsulotlarini joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi. | | Majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan avtomototransport vositalari (avtomobillar, mototsikllar, tirkamalar, mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan raqamli agregatlar) | Flymart ushbu toifadagi avtomototransport vositalarini joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi. | | Pestitsidlar va agrokimyoviy moddalar. | Flymart pestitsidlar va agrokimyoviy moddalarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi | | Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan, lekin muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan mahsulotlar | Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni |

Agar cheklovlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritilsa, Flymart bu haqda bildirishnoma yuboradi. Shuning uchun, savdoni boshlashdan oldin, har doim o‘z tovarlaringiz assortimentiga cheklovlar mavjud emasligini tekshiring.

2.2.1. FBF sxemasi bo‘yicha tovarlar sotishga qo‘yilgan cheklovlar

Flymart, o‘zining omborxonalari imkoniyatlari, saqlash sharoitlari va boshqa omillarga asoslanib, quyidagi toifadagi tovarlarni FBF (Fulfillment by Flymart) sxemasi bo‘yicha saqlash va sotish uchun qabul qilmaydi.

  • Avtotransport:
  • to‘ldirilgan kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalari;
  • katta plastik qismlar (bamperlar, asboblar paneli);
  • list metalldan yasalgan kuzov qismlari;
  • katta o‘lchamli butlovchi qismlar (yig‘ilgan holdagi o‘rindiqlar).
  • Vanna, dush kabinalari.
  • Vaqtinchalik eshiklar.
  • Katamaranlar va ularning butlovchi qismlari.
  • Pollarni pardozlash materiallari:
  • kovrolin;
  • laminat;
  • linoleum;
  • barcha turdagi rulonli pol qoplamalari;
  • plintus;
  • plitka, shu jumladan PVX i egiluvchan plitkali qoplamalar.
  • granatalar, minalar va snaryadlar mulyajlari.
  • Kreslo-qoplar uchun to‘ldiruvchilar.
  • Neodim magnitlari.
  • To‘ldirilmagan (bo‘sh) zajigalkalar, chaqmoq toshlar, elektron USB zajigalkalar, briket o‘tinlar va olov tutatish vositalari.
  • O‘z xususiyatlariga ko‘ra quyidagilarga tegishli bo‘lgan xavfli yuklar (tovarlar):
  • I, II, III toifaga kiruvchi portlovchi moddalar va pirotexnika buyumlari, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: patronlar; halokat signallari; salyut batareyasi; bengal olovlari; petardalar; mortirlar; raketalar; Rim shamlari; tort uchun pirotexnik shamlar va favvoralar; mushaklar; rangli tutun; festival sharlari; straykbol uchun pirotexnika vositalari, shu jumladan granatalar, minalar, tutunli shashkalar, o‘qlar va zaryadlar va boshqalar;
  • engil alangalanuvchi suyuqliklar, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: gulxan yoqish uchun suyuqliklar; suyuq parafinlar; benzin; kerosin; zajigalkalar uchun yoqilg‘i, kaminlar, shamlar, lampalar, chiroqlar, mashʼallar, o‘choqlar, marmitlar, bug‘ stollari, fondular va boshqalar uchun yoqilg‘i; uayt-spirt,

ksilol, toluol, solvent, skipidar va boshqalar kabi erituvchilar; absolyutlangan izopropil spirti; texnik atseton; tarkibida spirt bo‘lgan antiseptiklar;

  • engil alangalanuvchi qattiq moddalar va materiallar, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: gugurt; quruq yoqilg‘i; o‘tin sifatida ishlatiladigan hayvon yoki o‘simliklardan olinadigan ko‘mir;

  • bosim ostida siqilgan, suyultirilgan, erigan holatdagi yonuvchan va yonmaydigan gazlar, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: zajigalkalar; maishiy, sanoat va avtomobil uchun yong‘in o‘chirish moslamalari; gazli, geliyli, freonli, xladonli ballonlar, payvandlash yoki kavsharlash uchun MAPP gazlari, portativ gaz uskunalari uchun propan, butan, izobutan va boshqalarni o‘z ichiga olgan sig‘imlar.

  • Pestitsidlar va agrokimyoviy moddalar.

  • 7% va undan yuqori kontsentratsiyali vodorod peroksid (vodorod peroksid, perhidrol) eritmalari.

  • Duradgorlik mahsulotlari va buyumlari:

  • kirish va ichki eshiklar;

  • eshik romlari;

  • eshik va rom kesakilari;

  • nalichniklar

  • oyna va aksessuarlar.

  • Stomatologik uskunalar.

  • Qurilish kimyoviy moddalari:

  • gidroizolyatsion tarkiblar va aralashmalar;

  • plitka choklari uchun zatirkalar;

  • plitka va toshlar uchun elimlar;

  • montaj va taxlash uchun aralashmalar;

  • quyma pollar;

  • shpatlevka i shtukaturka.

  • Qurilish materiallari:

  • vintli svaylar va butlovchi qismlar;

  • tom yopish materiallari;

  • osma shiftlar uchun profil va burchakliklar;

  • reykali shiftlar va o‘rnatish uchun butlovchi qismlar; - sayding, septik;

  • steklobloklar, profil trubalar;

  • quduq elementlari;

  • metalloprokat va armatura;

  • teploizolyatsiya (to‘kiladigan);

  • mulcha, ildiz.

  • Idishning yaxlitligi va germetikligi buzilgan, tabiati yoki xossalariga ko‘ra odamlar uchun xavf tug‘dirishi, yaqin joylashgan tovarlar va boshqa mulklarni ifloslantirishi, buzishi yoki shikastlantirishi mumkin bo‘lgan potentsial xavfli tovarlar.

Cheklovlarda ko‘rsatilmagan suyuq agregat holatidagi xavfli yuklarning (tovarlarning) hajmi har bir isteʼmol qadog‘i uchun 5 litrdan oshmasligi kerak.

Agar cheklovlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritilsa, Flymart bu haqda bildirishnoma yuboradi. Shuning uchun, savdoni boshlashdan oldin, har doim o‘z tovarlaringiz assortimenti uchun cheklovlar mavjud emasligini nazorat qiling.

2.2.2. FBS sxemasi bo‘yicha tovarlar sotishga qo‘yilgan cheklovlar

Flymart, yetkazib berishva xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, shuningdek boshqa boshqa omillarni inobatga olib, quyidagi toifadagi tovarlarni FBS (Fulfillment by Seller) sxemasi bo‘yicha saqlash va sotish uchun qabul qilmaydi.

  • I, II, III toifaga kiruvchi portlovchi moddalar va pirotexnika buyumlari, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: patronlar; halokat signallari; salyut batareyasi; bengal olovlari; petardalar; mortirlar; raketalar; Rim shamlari; tort uchun pirotexnik shamlar va favvoralar; mushaklar; rangli tutun; festival sharlari; straykbol uchun pirotexnika vositalari, shu jumladan granatalar, minalar, tutunli shashkalar, o‘qlar va zaryadlar va boshqalar.
  • Avtotransport vositalari uchun to‘ldirilgan kislotali va ishqorli akkumulyatorlar.
  • Bosim ostida gazni o‘z ichiga olgan har qanday ballonlar, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: maishiy, sanoat va avtomobil o‘t o‘chirgichlari, gaz/geliy to‘ldirilgan ballonlar, konditsioner va maishiy texnika uchun freon ballonlari. Ushbu cheklovlar chiqarish moslamasi bilan jihozlanmagan va qayta qo‘llanish uchun mo‘ljallanmagan aerozol mahsulotlari, gaz to‘ldirilgan kartrijlari va kichik sig‘imlarga taalluqli emas.
  • Granatalar, minalar va snaryadlar mulyajlari.
  • Neodim magnitlar.
  • Xavfli yuklar (tovarlar). GOST 19433-88 «Xavfli tovarlar, tasniflash va markalash» standartiga muvofiq kichik qadoqdagi tovarlar (yaʼni, cheklangan miqdorda isteʼmol tovarlari) bundan mustasno.
  • Aloxida litiyli akkumulyatorlar. Uskunalarga tarkibidagi yoki qadoqlangan uskunalardagi akkumulyator batareyalar bundan mustasno.
  • Pestitsidlar va agrokimyoviy moddalar.
  • 7% va undan yuqori kontsentratsiyali vodorod peroksid (vodorod peroksid, perhidrol) eritmalari.
  • Tez buziluvchi oziq ovqat mahsulotlari.
  • Idishning yaxlitligi va germetikligi buzilgan, tabiati yoki xossalariga ko‘ra odamlar uchun xavf tug‘dirishi, yaqin joylashgan tovarlar va boshqa mulklarni ifloslantirishi, buzishi yoki shikastlantirishi mumkin bo‘lgan potentsial xavfli tovarlar.

Agar cheklovlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritilsa, Flymart bu haqda bildirishnoma yuboradi. Shuning uchun, savdoni boshlashdan oldin, har doim o‘z tovarlaringiz assortimenti uchun cheklovlar mavjud emasligini nazorat qiling.

2.3. Sifat sertifikatlari

Davlat isteʼmolchilarga tovarlarni sotib olish va ulardan foydalanishda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini kafolatlaydi.

Xaridorning iltimosiga binoan sotuvchi quyidagilarni taqdim etishi shart:

  • mahsulot ishlab chiqaruvchining firma nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili), ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tomonidan xaridorlarning daʼvolarini qabul qilish, mahsulotga taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish uchun vakolat berilgan tashkilot (tashkilotlar) joylashgan joy to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
  • sertifikatning asl nusxasi egasi yoki sertifikat bergan tovarlarni sertifikatlashtirish organi tomonidan tasdiqlangan sertifikat nusxasi (majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni sotishda);
  • ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yuk hujjatlari.

Siz muvofiqlik sertifikati yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan sotishni boshlashingiz mumkin.

Agar mahsulotingiz majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar toifasiga kirsa, Flymart menejerlari yoki mijozlarimiz sizdan hujjatlarni so‘rashga haqli. Hujjatlar so‘rovni olgandan sanadan boshlab uch ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. Kerakli hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, Flymart hujjatlar taqdim etilmaguncha tovarlarni blokirovka qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Shularni inobatga olib, savdolarni boshlashdan oldin, har doim tovarlar assortimentida O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotishga ruxsat beruvchi barcha hujjatlar mavjudligini tekshirib oling.

2.4. Brend tovarlarga qo‘yilgan talablar

Tovar belgisi yoki savdo markasi O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlatlarning intellektual mulk tizimida ro‘yxatga olingan tovarlarni joylashtirish va sotish uchun Sotuvchilar foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.

Flymart tovar belgilari yoki savdo markalaridan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni talab qilmaydi. Biroq, mualliflik huquqi egasining talabiga ko‘ra, biz sizning tovarlaringizni cheklashga majbur bo‘lamiz. Bunday holatda, cheklovni olib tashlash uchun siz brenddan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishingiz zarur. Hujjatlarni taqdim etish muddati - uch kun.

2.5. Tovarlar o‘lchamlari va og‘irligiga qo‘yilgan talablar

Flymart, saqlash, yetkazib berishva xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, shuningdek boshqa boshqa omillarni inobatga olib, katta o‘lchamli va og‘ir tovarlarni saqlash va sotish uchun qabul qilmaydi.

FBF sxemasi bo‘yicha ruxsat etilgan parametrlar:

  • Qadoqlangan tovarning uch tomoni o‘lchamlari yig‘indisi (eni+bo‘yi+balandligi) 190 sm dan oshmaydi.
  • Bir tomonning maksimal uzunligi 120 sm dan oshmaydi.
  • Tovarning ruxsat etilgan maksimal og‘irligi - 25 kg.

FBS sxemasi bo‘yicha ruxsat etilgan parametrlar:

  • Qadoqlangan tovarning uch tomoni o‘lchamlari yig‘indisi (eni+bo‘yi+balandligi) 250 sm dan oshmaydi.
  • Bir tomonning maksimal uzunligi 150 sm dan oshmaydi.
  • Tovarning ruxsat etilgan maksimal og‘irligi - 50 kg.

Mahsulot kartochkasi tuzishda siz tovarlarning o‘lchami va og‘irligi to‘g‘risida aniq maʼlumotlarni taqdim etishingiz kerak. Agar tovarlarning o‘lchamlari yoki og‘irligi belgilangan chegaralardan oshsa, tovarlar omborga qabul qilinmaydi.

Belgilangan o‘lcham va vazn cheklovlaridan oshib ketadigan, ombor jihozlariga, boshqa tovarlarga yoki ombor xodimlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tovarlarga ruxsat berilmaydi.

Agar mahsulot hajmi va vazni bo‘yicha cheklovlarga amal qilinmasa, buning oqibatida yuzaga keladigan har qanday zarar yoki shikastlanish uchun sotuvchilar javobgar bo‘ladilar.

2.6. Boshqa turdagi cheklovlar

Ekspress testlar tibbiy buyumlar hisoblanadi. Agar ularning foydalanish yo‘riqnomalarida ulardan uyda foydalanish mumkinligi yoki mustaqil foydalanish uchun mo‘ljallanganligi ko‘rsatilgan, ular Flymart orqali sotilishi mumkin.

Ekspress testlarga quyidagilar kiradi:

  • Infektsiyalarni aniqlash uchun ekspress testlar (masalan, gepatit, sifilis, grippni aniqlash testlari);
  • Glyukometr uchun test yaproqchalari;
  • Giyohvand moddalarni tekshirish uchun testlar;
  • Homiladorlik yoki ovulyatsiya davrini aniqlash uchun testlar;
  • COVID-19 uchun ekspress testlar.

3. Faoliyatni boshlash

Sotuvchi sifatida faoliyatingizni boshlashdan avval bizning internet do‘konimizga tashrif buyuring, qo‘llanma va yo‘riqnomalarni o‘qib chiqing, bizning menejerlar bilan bog‘laning.

  • Sizning tovarlaringizni Flymart orqali sotish mumkin ekanligiga aniqlik kiriting;
  • Sotuvchilar va tovarlarga qo‘yilgan talablar bilan tanishib chiqing;
  • Flymart Savdo maydonida faoliyat yuritish qoidalarini ko‘rib chiqing.

Qanday qilib Flymart sotuvchisi bo‘lish, tovar sotishni qanday boshlash haqida qancha ko‘p maʼlumot olsangiz, biz bilan o‘z biznesingizni boshlashingiz shuncha oson bo‘ladi.

Agar siz o‘z tovarlaringizni sotishga tayyor bo‘lsangiz va:

  • yakka tartibdagi tadbirkor,
  • masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki boshqa turdagi yuridik shaxs

sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, siz bizning hamkorimiz bo‘lishingiz mumkin.

Faoliyatni boshlash uchun Flymart tizimida ro‘yxatdan o‘tish, ommaviy oferta shartlari va talablarini qabul qilish kifoya.

Agar siz hali biznesingizni ro‘yxatdan o‘tkazmagan bo‘lsangiz, yakka tartibdagi tadbirkor alan, MChJ (masʼuliyati cheklangan jamiyat) sifatida orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishingizni tavsiya qilamiz.

3.1. Ro‘yxatdan o‘tish va akkauntni tasdiqlash

  1. Flymart sotuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun seller.flymart.uz orqali sotuvchi sahifasini oching va «Akkaunt yaratish» tugmasini bosing.

  2. Ochilgan oynada shaxsiy maʼlumotlaringizni: va telefon raqamingizni kiriting.

  • Tegishli maydonlarga ismingiz, familiyangiz va otangizning ismingizni kiriting.
  • Jinsni belgilang

• Tug‘ilgan kuningizni DD.MM.YYYY formatida kiriting.

  • Telefon raqamingizni kiriting. Ko‘rsatilgan telefon raqami tizimga kirish uchun login hisoblanadi.
  • Tizimga kirish uchun parol yarating. Parol kamida 8 ta belgidan iborat bo‘lishi, unda raqamlar, turli xil harflar va maxsus belgilar ishtirok etishi kerak.

Kiritilgan maʼlumotlarni tekshiring va «Davom etish» tugmasini bosing.

Diqqat: «Davom etish» tugmasini bosish Flymart ommaviy taklifi va maxfiylik siyosatiga rozi ekanligingizni bildiradi.

Sizning akkauntingizga begona shaxs kira olmasligiga ishonch hosil qilish uchun: • Do‘konning boshqa xodimlari ham foydalanadigan raqamdan foydalanmang;

• do‘koningizni boshqarayotgan bo‘lsa ham, xodim yoki boshqa shaxsning raqamini kiritmang. Keyin ularga do‘kon xodimi sifatida kirish huquqini berishingiz mumkin bo‘ladi;

• siz ko‘rsatgan raqam blok holatida emasligiga, faol holatda ekanligiga va siz aloqa operatoringizning xizmat ko‘rsatish hududida ekanligingizga ishonch hosil qiling; • Siz Flymart veb-saytida xaridor hisobi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamidan ham foydalanishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, ko‘rsatilgan telefon raqami sizning hisobingizga bog‘lanadi. Barcha tizimga kirish uchun yoki akkaunt egasi tomonidan tasdiqlanishi talab qiladigan

harakatlarni tasdiqlash uchun xavfsizlik kodlari ko‘rsatilgan raqamga SMS-xabar shaklida yuboriladi.

  1. «Keyingi» tugmasini bosing.
  • Agar siz ko‘rsatgan telefon raqami birinchi marta ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, siz shaxsiy maʼlumotlarni kiritish oynasiga o‘tasiz.
  • Agar siz ko‘rsatgan telefon raqami avval bizning savdo maydonchamizda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, sizga bu haqda xabar keladi. Bunday vaziyatda siz:
  • ro‘yxatdan o‘tish uchun boshqa telefon raqamidan foydalanishingiz;
  • qo‘llab quvvatlash xizmati bilan bog‘lanib, batafsil maʼlumot va yordam olishingiz;
  • agar tizimda avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan akkaunt sizga tegishli emasligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, qo‘llab quvvatlash xizmati bilan bog‘lanib akkauntni tiklashingiz mumkin.
  1. Agar siz hammasini to‘g‘ri amalga oshirgan bo‘lsangiz, akkauntga taklif oynasi ochiladi.

  2. Kabinetdan foydalanish uchun siz tashkilotning yuridik va bank maʼlumotlarini kiritishingiz kerak. Buning uchun «To‘ldirish» tugmasini bosing.

3.2. Tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish

Akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazganingizdan so‘ng, siz tashkilotingizning yuridik maʼlumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishingiz va ommaviy ofertani qabul qilishingiz kerak.

Tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlashdan oldin, avval quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini (elektron versiyalarini) tayyorlab oling:

  • Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
  • Tashkilot rahbarining pasporti nusxasi

• Tashkilot logotipi (agar mavjud bo‘lsa).

formatida bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, har bir yuklangan fayl hajmi 2 MB dan oshmasligi kerak.

Hujjatlar va logotipning skanerlangan nusxalari yuqori sifatli, JPEG, PNG ili PDF

  1. Tashkilotingizning tashkiliy-huquqiy shaklini (THSH) tanlang. Tanlash uchun quyidagi THShlar mavjud:

• Yakka tartibdagi tadbirkor;

• Masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki boshqa yuridik shaxs.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartira olmaysiz. Shuning uchun, THSH tanlashda eʼtiborli bo‘ling.

  1. Tashkilot STIR (Soliq To‘lovchining Identifikatsiya Raqami) ko‘rsating. Tizim sizning yuridik maʼlumotlaringizni avtomatik tarzda yuklab oladi..

  2. Tashkilot ustavining skanerlangan nusxasini yuklang.

  3. Tashkilot bank rekvizitlarini tegishli maydonlarga kiriting: • Xizmat ko‘rsatuvchi bank filiali MFOsi;

• Tashkilotning hisob raqami.

  1. Kiritilgan maʼlumotlarni tekshiring va to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling, shundan keyingina «Yakunlash» tugmasini bosing.

Agar siz hammasini to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, bizning moderatorlarimiz yuborilgan maʼlumotlarni ko‘rib chiqishadi va tez orada siz bilan bog‘lanishadi.

Moderatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganligi haqida xabar olishingiz bilan siz do‘konlar ochishni, mahsulot kartochkalarini tayyorlashni va biz bilan sotuvni boshlashingiz mumkin.

3.3. Savdo do‘koni yaratish

Flymart savdo maydonida mahsulotlarni joylashtirishni boshlash uchun avvalo siz virtual savdo do‘koni yaratishingiz kerak.

Siz tovarlar va do‘konlardagi savdolar hisobini alohida alohida yuritish uchun bir nechta savdo do‘konlari ochishingiz mumkin, masalan, «Maishiy texnika do‘koni», «O‘yinchoqlar do‘koni» yoki «Xitoydan tovarlar do‘koni».

Shuni esda tutish kerakki, savdo do‘konida tovarlar kategoriyalar va toifalarga ajratiladi va har bir turdagi mahsulot uchun alohida savdo do‘koni ochish shart emas. Agar sizda ko‘p sonli tovarlar mavjud bo‘lsa va tovarlarni turli do‘konlarga joylashtirish uchun yetarli resurslarga ega bo‘lsangiz, bir nechta savdo do‘konlari yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Do‘konlar soni sotuvchi va Flymart o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, balanslar va boshqa moliyaviy operatsiyalarga taʼsir qilmaydi. Chunki, barcha o‘zaro hisob-kitoblar ro‘yxatdan o‘tgan yagona sotuvchi akkaunti orqali amalga oshiriladi.

Tashkilotingizni ro‘yxatdan o‘tkazganingizdan so‘ng darhol siz birinchi do‘koningizni yaratish formasi ochiladi.

  1. Savdo do‘koni maʼlumotlarini kiriting:
  • Savdo do‘koni nomi;
  • Flymart sahifasidagi savdo do‘koni manzili;
  • Do‘konning qisqacha tavsifi, shior yoki reklama matni (ularni ko‘rsatish shart emas, lekin do‘kon va tovarlarni reklama qilish uchun tavsiya etiladi);
  • Do‘kon logotipi (grafik formatdagi fayl yuklang);
  • Do‘kon peshtaxtasi, banneri (grafik formatdagi fayl yuklang);
  1. «Saqlash» tugmasini bosing

Savdo do‘konini yaratganingizdan so‘ng, siz o‘z tovarlaringizni sotuvga qo‘yishingiz mumkin. Tovarlaringizni do‘konga joylashtirish uchun avvalo barcha tovarlaringiz uchun tovar kartochkalari yaratishingiz, ular uchun narx va chegirmalarni belgilashingiz kerak. Tovar kartochkalari haqida batafsil maʼlumotlarni «Tovarlar va narxlar» bo‘limida o‘qishingiz mumkin.

3.4. Ommaviy ofertani qabul qilish

Ommaviy oferta Flymart savdo maydoni foydalanish shartlarini va tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilab beruvchi, sizga yo‘naltirilgan taklifdir.

Ommaviy oferta, shuningdek, tashkilotingiz komissionerlari ro‘yxatini shakllantirishda zarur bo‘lgan komissiya shartnomasi hisoblanadi.

  1. Ommaviy oferta matnini oxirigacha diqqat bilan o‘qing. Qulayroq o‘qish uchun siz uni printerda chop etib olishingiz yoki PDF fayl shaklida saqlab olishingiz mumkin.

  2. Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan barcha bandlar, shartlar va talablarga eʼtibor bering. Agar zarur bo‘lsa, bizning menejerlarimizga murojaat qilishingiz va qo‘shimcha maʼlumot olishingiz mumkin.

  3. Agar siz shartlarga rozi bo‘lmasangiz, siz ofertani qabul qilishni rad etishingiz va savdo maydonchasidan foydalanishdan voz kechishingiz mumkin.

  4. Agar siz ommaviy ofertaning barcha shartlarini qabul qilsangiz va ro‘yxatdan o‘tishni davom ettirmoqchi bo‘lsangiz, oferta matni oxirida quyidagilarni tasdiqlang:

✓ siz ommaviy oferta matnini to‘liq o‘qib chiqqaningizni tasdiqlaysiz;

✓ siz ommaviy ofertani qabul qilganingizni tasdiqlaysiz.

  1. «Qabul qilish» tugmasini bosing.

Ommaviy ofertani qabul qilish (Ofertani aktseptlash) Flymart savdo maydoni bilan shartnoma tuzishni anglatadi va yozma shaklda tuzilgan va taraflar

tomonidan imzolangan, shu jumladan taraflarning muhrlari bilan tasdiqlangan

shartnomaga tenglashtiriladi. Qabul qilingan ofertada ro‘yxatga olish raqami va

ofertani qabul qilish sanasi mavjud.

Ommaviy ofertani qabul qilgandan so‘ng, siz bizning tashkilotimizni veb-sayti orqali komissionerlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yishingiz kera oshirish haqida keyingi bo‘limda bilib olishingiz mumkin.

Agar faoliyatingiz davomida ommaviy ofertaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladigan bo‘lsa, siz yangi tahrirdagi ofertani qayta qabul qilishingiz kerak bo‘lishi mumkin.

3.5. Komissionerlar ro‘yxatiga Flymart qanday qo‘shiladi?

O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq komitent (sizning tashkilotingiz) va komissioner (Flymart) o‘rtasidagi barcha moliyaviy munosabatlar yuzasidan soliq hisobi yuritilishi shart.

Agar siz (komitent) O‘zR DSQ soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetingiz orqali Flymart (komissioner) to‘g‘risidagi maʼlumotlarni kiritmagan bo‘lsangiz, u holda savdo maydoni orqali sotilgan tovarlarning to‘liq summasi komissionerning soliq bazasida noto‘g‘ri aks etishi mumkin.

Shuning uchun, ommyxatga olish raqami va qabul qilingan sanani olishingiz bilanoq, veb-sayti orqali bizning tashkilotimizni komissionerlar ro‘yxaying.

  1. Elektron raqamli imzo kalitingizdan foydalanib, my.soliq.uz veb-saytidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kiring.

  2. Xizmatlar ro‘yxatidan «Tashkilot uchun komissionerlar ro‘yxatini yaratish» variantini tanlang.

  3. «Qo‘shish» tugmasini bosing.

  4. Ochilgan oynada quyidagi maʼlumotlarni kiriting:

  • Flymart tashkiloti STIRi – 309 760 551;
  • komissiya shartnomasi raqami (shaxsiy kabinetning «Hujjatlar va oferta» bo‘limida ko‘rish mumkin);
  • MFO – 01121;
  • Flymart hisob raqami – 20208000505556372001;
  • shartnoma tuzilgan sana – ofertani qabul qilgan sanani ko‘rsating;
  • shartnomani amal qilish sanasi – ofertani qabul qilgan sanani ko‘rsating;
  • shartnomani amal qilish muddati – 31.12.2025
  • «Komitent» maydonini bo‘sh qoldiring.
  1. «Qo‘shish» tugmasini bosing.

Agar sizda biron bir qiyinchilik tug‘ilsa, iltimos, qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz bilan bog‘laning.

Aytgancha, biz sizga soliq va huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat bera olmaymiz.

Maʼlumot uchun:

Sizning tovaringiz Flymart orqali sotilganda, chekda tovar nomidan so‘ng sizga tegishli STIR/JShShIR ko‘rsatiladi.

Sizga tegishli STIR ko‘rsatilgan cheklardagi maʼlumotlarga asoslanib, agar siz Flymart tashkilotini o‘z komissionerlaringiz ro‘yxatiga qo‘shgan bo‘lsangiz, chek summasi avtomatik ravishda hisobotlaringizda aks ettiriladi.

3.6. Tovarlarni do‘konga joylashtirish

Tovar kartochkasi yaratgandan so‘ng, tovarni do‘konga joylashtirishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida siz o‘z savdo do‘koningizni yaratgansiz. Tovarlaringizni hisobini yuritishni qulay va oson qilish uchun siz bir nechta do‘konlar yaratgan bo‘lishingiz ham mumkin.

Agar sizda faqat bitta faol savdo do‘koni bo‘lsa, tizim avtomatik ravishda tovar uchun mavjud do‘konni tanlaydi. Agar sizda bir nechta do‘konlar bo‘lsa, unda siz tovarlaringizni tegishli do‘konlarga taqsimlashingiz kerak.

Tovarni tegishli do‘konga joylashtirish uchun tovar kartochkasini oching. «Do‘kon» bo‘limida ushbu tovarni joylashtirish uchun kerakli do‘konni tanlang.

Shuningdek, siz do‘kon kabineti orqali tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘konlarga joylashtirishingiz mumkin. Buning uchun «Mening do‘konlarim» bo‘limiga o‘ting, kerakli do‘konni oching va «Tovarlar va narxlar» bo‘limida «Tovar qo‘shish» tugmasini bosing.

Tovarlarni do‘konga joylashtirishda siz quyidagi qoidalarni yodda tutishingiz kerak:

  • Bitta tovar faqat bitta do‘konda ko‘rsatilishi mumkin.
  • Tovar joylashgan do‘konni o‘zgartirish faqat tovar nofaol holatda bo‘lganida ruxsat etiladi.
  • Mahsulot Flymart omboriga yetkazib berilgandan va qabul qilingandan so‘ng tovar joylashgan do‘konni o‘zgartirish imkoniyati yo‘qoladi.
  • Sizning o‘z omboringiz orqali sotiladigan tovarni faol holatga o‘tkazganingizda, tovar do‘konini o‘zgartirish imkoniyati yo‘qoladi.
  • Do‘konni o‘zgartirganda, ilgari sotilgan tovarlarning hisob maʼlumotlari o‘zgarishsiz qoladi.
  • Do‘konni tahrirlash qoidalari va cheklovlarini inobatga olgan holda, bozor, talab va sotuv hajmini tahlil qilishda obʼektiv maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz uchun birinchi joylashtirishda to‘g‘ri do‘konni tanlashingizni maslahat beramiz.

Tovarlarni virtual do‘konlaringizga joylashtirganingizdan so‘ng, siz Flymart omborlariga yetkazib berish uchun tovarlarni tayyorlashni boshlashingiz mumkin (FBF sxemasi) yoki o‘z omboringiz orqali tovarlarni sotish uchun zaxiraga olishingiz mumkin (FBS+ sxemasi).

3.7. Sotuvni boshlash

Agar siz do‘koningizni yaratgan bo‘lsangiz va tovarlaringiz uchun kartochkalar qo‘shgan bo‘lsangiz, tovarlaringiz Flymart orqali sotishga tayyor deb hisoblayvering. Endi tovarlaringizni bizning omborimizga yetkazib berish yoki buyurtmani olgandan so‘ng yetkazib berish uchun ularni omboringizda zaxiraga olish qoladi. Aynan mana onda siz tovarlarni saqlash va yetkazib berish uchun qaysi sxema siz uchun foydaliroq va qulayroq ekanligini hal qilishingiz kerak.

Agar siz tovarlaringizni Flymart omboriga yetkazib bersangiz, bu FBF (Fulfillment By Flymart) sxemasi bo‘yicha savdo qilish deb ataladi, yaʼni, barcha savdo ishlari bilan Flymart o‘zi shug‘ullanadi.

Agar sizda tovarlarni o‘z omboringizda saqlash imkoni bo‘lsa va buyurtma olinganda tovarlarni yig‘ish punktiga yetkazib berishga tayyor bo‘lsangiz, bu FBS+ (Fulfillment By Seller) sxemasi bo‘yicha savdo qilish deb ataladi, yaʼni, tovarlarni hisobga olish va saqlash, buyurtmani yig‘ish punktiga berish sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi. FBS+ sxemasi bo‘yicha ishlash uchun siz o‘z omborlaringizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi.

Savdo sxemalari bo‘yicha batafsil maʼlumotlarni qo‘llanmaning quyidagi bo‘limlaridan olishingiz mumkin:

  • Flymart ombori orqali sotish (FBF);
  • O‘z ombori orqali sotish (FBS+);
  • Sotuvchi omborini sozlash.

Tovarlar Flymart omboriga yetkazib berilganda ularning sifati va qadoqlanishi nazoratdan o‘tkaziladi, tovar kartochkalari moderatorlar tomonidan tekshiriladi va tovarlar sotuvga chiqariladi.

FBS+ sxemasi bo‘yicha sotishda sotiladigan tovarlarni siz o‘zingiz faollashtirishingiz kerak. Ushbu holatda, tovar kartochkalari moderatorlar tomonidan tekshiriladi va sotish uchun faollashtiriladi.

Moderatorlarimiz tovar kartochkalarini cheklab qo‘yishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun «Tovarlar va narxlar» bo‘limidagi ko‘rsatmalarimizni diqqat bilan o‘qing.

Savdoga qo‘ygan barcha tovarlaringiz onlayn-do‘kon sahifalarida paydo bo‘ladi va siz faqat xaridorlarning buyurtmalarini kutishingiz kerak xolos.

4. Tovarlar va narxlar

Tovar bu sotuvga mo‘ljallangan, sifat va narx bo‘yicha xaridorlarning talablarini qondiradigan inson faoliyati mahsulotidir. Isteʼmolchi tovarning turli xil variantlardan birini tanlay olishi, mahsulotning o‘ziga xos xususiyati va sifatlarini bilib olishi, narxini solishtirishi va qulay usulda to‘lov qilishi, va tovarni tez qabul qilib olishi kerak.

Tovarlarni sotuvga qo‘yish uchun siz «Tovar kartochkasi» yaratishingiz kerak.

Tovar kartochkasi - bu tovar haqida to‘liq va ishonchli, fotosuratlari, tavsiflari, xususiyatlari, sifatlari, tarkibi va eng muhimi, narxi ko‘rsatilgan maʼlumotdir.

Shuning uchun siz ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qib chiqishingiz va tovar kartochkasini shunday to‘ldirishingiz kerakki, toki:

• Tovar kartochkasi xatosiz yaratilsin va moderatsiyadan o‘tsin;

• Tovaringiz qoidalar buzilgani uchun bloklanmasin;

• Xaridor mahsulot haqidagi barcha maʼlumotlarni olsin va aynan shu tovarni sotib olishga qiziqsin;

• Xaridor uni millionlab tovarlar orasidan tezda topib olsin;

• Xaridor tovar fotosuratiga eʼtibor qaratsin va tovar sahifasini ochsin;

• Tovar haqidagi birinchi maʼlumotlarni o‘qishi bilan uni savatga joylasin;

• Siz kutganingizdan ham ko‘ra ko‘proq soting.

4.1. Tovar kartochkasini yaratish

Tovar kartochkasini yaratish uchun o‘z kabinetingizga kiring, «Tovarlar va narxlar» sahifasini oching va sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi «Tovar yaratish» tugmasini bosing.

Shuningdek siz Do‘kon kabineti orqali ham yangi tovar kartochkasini yaratishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun «Mening do‘konlarim» sahifasiga o‘ting, kerakli do‘konni oching va «Do‘kondagi tovarlar» sahifasida «Tovar yaratish» tugmasini bosing.

«Tovar kartochkasini yaratish» sahifasida xaridorlar xarid qilishdan oldin tovar haqida ko‘proq maʼlumot olishlari uchun tovar, uning xususiyatlari va sifatlari haqidagi barcha maʼlumotlarni kiriting.

4.2. Tovar kartochkasiga qo‘yilgan talablar

Ushbu bo‘limda biz sizga tovar kartochkasini to‘g‘ri yaratishga yordam beramiz.

Barcha talablarni, tavsiyalarni diqqat bilan o‘qing va misollarni ko‘rib chiqing. Moderatsiya natijasi, buyurtmalar sonini, shuningdek, rad etishlar va qaytarishlar soni tovar kartochkasining sifatiga bog‘liq.

4.2.1. Umumiy qoidalar

Har bir tovarni sotish uchun siz alohida tovar kartochkasi yaratishingiz kerak.

Bir nechta tovarlar uchun bitta kartochka yaratmaslik kerak, hatto ular bir-biridan biroz farq qilsa ham.

Tovarlarning asosiy bir biridan farqlanuvchi xususiyatlari, xossalari, shu jumladan, ularning materiallari, butlovchi qismlari, to‘plamlari, aksessuarlari va ishlab chiqaruvchi qadoqlari quyidagilardan iborat:

• Tovar qiymati;

• O‘lchamlari, hajmlari, gabarit o‘lchamlar va og‘irligi;

• Materiallar, butlovchi qismlar, komplekt va aksessuarlarning turi, xususiyati va tarkibi; • Rangi, bo‘yog‘i, chizgilari, qoplamasi;

• Barcha yozuvlari, jumladan, yozuvlarning o‘lchamlari va ranglari;

• Barcha grafik va fotografik komponentlar, logotiplar;

• Texnik xususiyatlari;

• Foydalanish xususiyatlari;

• Himoya darajasi va iqlimga moslashtirilganligi;

• Tovarlarning boshqa o‘ziga xos farqlovchi xususiyatlari.

Tovar kartochkasini yaratishdan avval bizning onlayn-do‘konimizda shunga o‘xshash tovarlarning kartochkalarini ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz.

Tovar kartochkasini yaratgandan so‘ng, siz asosiy maʼlumotlarni tahrirlashingiz yoki qo‘shimcha to‘ldirishingiz mumkin. Ammo tovar kartochkasini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan cheklovlar mavjud.

Quyidagi holatlarda tovar kartochkasi faollashadi va unga har qanday o‘zgartirish kiritish imkoniyati to‘xtatiladi:

• Flymart omboriga tovarlarni yetkazib berish uchun yuk xati faol holatda bo‘lganda; • Tovar Flymart omboriga qabul qilinganda;

• Tovar kartochkasi moderatsiya qilingan va tasdiqlangan;

• Birinchi tovar sotilishi bilan.

Faol holatdagi tovar kartochkasini o‘zgartirish uchun siz:

• Flymart moderatsiya xizmatiga murojaat qilishingiz va o‘zgartirishlar kiritish sabablarini batafsil maʼlum qilishingiz kerak.

  • Tovar FBS sxemasi bo‘yicha, yaʼni o‘z omboringizdan yetkazib berish orqali sotilayotgan bo‘lsa, xato aniqlangan tovar kartochkasini nofaol holatga o‘tkazishingiz va yangi tovar kartochkasi yaratishingiz kerak. Yangi tovar kartochkasi yaratilganda yangi shtrix-kod yaratilishini inobatga olishingiz kerak.

Flymart moderatsiya xizmati quyidagi hollarda tovar kartochkasiga o‘zgartirishlar kiritishni rad etishga haqli:

  • Tovar sotilgan va qaytarish muddati tugamagan holat mavjud bo‘lsa;
  • Tovar uchun tasdiqlangan buyurtma mavjud bo‘lsa;
  • Tovar ro‘yxatdan o‘tgan xaridor savatida mavjud bo‘lsa;
  • O‘zgartirilishi so‘ralayotgan maʼlumotlar tovarlarning o‘ziga xos xususiyatlari va xossalari, shu jumladan, ularning materiallari, butlovchi qismlari, to‘plamlari, aksessuarlari va ishlab chiqaruvchi qadoqlariga tegishli bo‘lsa.
  • Moderatorlar tomonidan belgilangan boshqa cheklovlar mavjud bo‘lsa.

Tovar kartochkasi yaratilganda noyob shtrix-kod ishlab generatsiya qilinadi. Ushbu shtrix-kod tizim muhitida va Flymart tegishli hujjatlarida tovarni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladi.

4.2.2. Tovar kategoriyasi

Tovar kategoriyasi - bu o‘xshash xususiyatlarga ega, o‘xshash qo‘llanish doirasidagi, bir-birini to‘ldiradigan yoki o‘rnini bosadigan mahsulotlar guruhidir. Tovarlar assortimentlari xaridorlarning ehtiyojlari, istaklari va tanloviga qarab alohida tovarlar kategoriyalariga bo‘lingan.

Tovarni onlayn-do‘konning tegishli bo‘limiga to‘g‘ri joylashtirish, tartiblash, tovarni ko‘rish va tezkor qidirish uchun siz tovar kategoriyasini to‘g‘ri ko‘rsatishingiz kerak.

Tovarlarni kategoriyalar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash - bu:

  • Internet-do‘konda tovarlarni to‘g‘ri va optimal joylashtirish;
  • Xaridorlarga tovarlarni qidirish, solishtirish va tanlashda yordam berish;
  • Xaridorlarga jalb qilish va ularning qiziqishlari va tanlovini inobatga olgan holda ularga tovarlarni taklif etish;
  • Tovarlarni, sotuvni, omborlarni va yetkazib berishni boshqarish;
  • Marketing tadqiqotlarida yaxshi ko‘rsatkichlarga erishish;
  • Tovarlarni tartiblash va identifikatsiya qilish.

Shuning uchun, tovar kartochkasini yaratishda siz tovar kategoriyasini, quyi kategoriyasini va tovar guruhini to‘g‘ri ko‘rsatishingiz kerak. Agar tovar kategoriyasini belgilashda qiynalsangiz, sizga qiyin bo‘lsa, bizning onlayn-do‘konimizdagi shunga o‘xshash tovarlarni ko‘rib chiqing va ular qaysi kategoriyada joylashganini bilib oling.

Misol uchun, sizda elektr tovarlari do‘koningiz bor va siz xona chirog‘i uchun tovar kartochkasini yaratmoqchisiz. Tovar kategoriyasini qanday aniqlash mumkin?

Taʼmirlashni amalga oshirayotgan xaridor «Qurilish va taʼmirlash» kategoriyasining «YOritish chiroqlari» quyi kategoriyasidan chiroqlarni qidiradi. Xona uchun, interer uchun yoki shunchaki bezak uchun chiroq sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor esa «Uy tovarlari» va undan keyin «Dekor va interer» kategoriyasini qidiradi.

Xo‘sh, unda xona chirog‘ini qaysi kategoriyaga qo‘yish kerak?

Aynan mana shu joyda sizning isteʼdodingiz, tovaringiz haqida bilimingiz va marketing uslubingiz kerak bo‘ladi.

  • Agar sizning xona chirog‘ingiz ko‘proq interer uchun mo‘ljallangan, alohida joylashadigan, bezak ko‘rinishida, ko‘chirib yurish mumkin bo‘lsa, unda eng yaxshi tanlov, «Dekor va interer» guruhiga joylashtirish. Ammo shuni yodda tutingki, bu guruh tovarlari xonani bezash, go‘zallik uchun maxsus sotib olishni istagan xaridorlar uchun qiziqarli. Taʼmirlash ishlari bilan shug‘ullanayotgan xaridorlar sizning xona chirog‘ingizni sezmasligi ham mumkin.
  • Agar sizning xona chirog‘ingizni taʼmirlash vaqtida o‘rnatish yaxshiroq bo‘lsa, deylik, uni montaj qilish zarur bo‘lsa, yoki sizning xona chirog‘ingiz dekoratsiyadan ko‘ra ko‘proq yoritish moslamasi bo‘lsa, uni «Qurilish va taʼmirlash» kategoriyasining «YOritish qurilmalari» guruhiga joylashtirish yaxshiroq bo‘ladi. Shu yo‘l bilan sizning tovaringizni qurilish va taʼmirlash bilan shug‘ullanayotgan har bir xaridorga tavsiya qilish mumkin bo‘ladi.

Kategoriyani aniqlayotganda, bizning do‘konimizda qanday tovarlar kategoriyalari, quyi kategoriyalari, tovar guruhlari mavjudligini ko‘rib oling. Shuningdek boshqa sotuvchilarning tovarlarini ham ko‘rib chiqing.

Tovar kategoriyasini to‘g‘ri tanlash uchun javobgarlik sotuvchiga yuklatilgan. Agar mavjud kategoriyalar ro‘yxatida kerakli kategoriya, quyi kategoriya yoki guruh mavjud bo‘lmasa, bizning menejerlarimizga murojaat qiling.

Kategoriyalar moderatsiyasi

Moderatsiya paytida kategoriyaning to‘g‘ri tanlanganligi tekshiriladi. Bizning moderatorlarimiz kategoriyani ogohlantirishsiz o‘zgartirish yoki noto‘g‘ri kategoriya tanlanganligi uchun tovar kartochkasini bloklash huquqiga ega.

Tovar kategoriyasini o‘zgartirish

Tovar kartochkasi moderatsiya qilgandan so‘ng, siz kategoriyani o‘zgartira olmaysiz.

Agar siz kategoriyani noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsangiz, kategoriyani o‘zgartirish sabablarini ko‘rsatgan holda qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling.

4.2.3. Tovar nomi

Tovar nomi ko‘plab maʼlumotlarni o‘zida jamlagan, hamma joyda, do‘kon veb-saytida, qidiruv tizimlarida, hujjatlarda, kvitantsiyalarda ko‘rsatiladigan asosiy belgi vazifasini o‘taydi.

Yaxshi yozilgan tovar nomi xaridorlarga aynan qidirayotgan narsasini topganliklarini anglatishga, qidiruv tizimlariga esa qidiruv natijalarida sahifani to‘g‘ri ko‘rsatishga imkon beradi.

Tovarning eng oddiy nomi – bu tovarning o‘zida ko‘rsatilgan nomdir, lekin bu eng yaxshi yechim emas. Siz xaridor uchun muhim bo‘lgan baʼzi maʼlumotlarni yo‘qotishingiz mumkin.

Shuning uchun tovar nomini to‘g‘ri ko‘rsatish, shu bilan birga barcha qoidalar va tavsiyalarga rioya qilish barcha uchun juda muhimdir.

Tovar nomiga qo‘yilgan asosiy talablar

Agar tovar nomi ushbu qoidalarga muvofiq tuzilmagan bo‘lsa, shaxsiy kabinetda tovar kartochkasi yaratilmaydi yoki moderatsiyadan o‘tmaydi.

Tovar nomiga talablarTushuntirish
Tovar turi ko‘rsatilganMasalan: O‘yinchoq, Shkaf, Smartfon, Choynak (Kitob va jurnallar kategoriyasidan tashqari)
Bosh harf bilan boshlanadiMasalan: Televizor, Noutbuk
Ruxsat berilgan simvollardan tashkil topganTovar nomida ishlatish mumkin:
• kirill harflari;

• lotin alifbosi harflari;

• raqamlar;

• simvollar: . , : ; ( ) - / & « (juda ko‘p bo‘lmagan miqdorda);

• ! va ? belgilari, agar ularsiz nom noto‘g‘ri bo‘lsa (masalan kitob va jurnal nomlarida). | | Ruxsat berilmagan simvollar ishlatilmagan | Tovar nomida quyidagi simvollarni ishlatish mumkin emas: • Savdo markasi belgisi ™;

• Mualliflik huquqi belgisi ©;

• Ro‘yxatga olingan tovar belgisi ®; • [ ] , = , \ , « » , va boshqalar;

• Ierogliflar va boshqa simvollar | | Maksimal uzunlik | Bitta so‘z uchun — 27 simvol. Butun nom uchun — 200 simvol. | | Uzun nomlarda albatta tinish belgilar bo‘lishi kerak | Uzun nomlarni . , « » “ ” / belgilar bilan ajrating | | Grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan nom, yaʼni bosh kelishikdagi va feʼlning o‘zak so‘zlar to‘plamidan iborat emas. | Moderator «Qo‘g‘irchoq qizlar o‘yin bolalar plastik» nomli tovarni o‘tkazmaydi. | | Ikkidan ortiq o‘zak so‘zlarni o‘z ichiga olmaydi | Modellarni sanab o‘tish bundan mustasno | | Ortiqcha maʼlumotni, shu jumladan reklamani o‘z ichga olmaydi | Agar nomda quyidagilar bo‘lsa, uni moderator rad etadi: • «aktsiya», «yoppa savdo «, «chegirma», «faqat bugun» kabi so‘zlar;

• Tovar narxi; • «eng yaxshi tovar», «betakror tovar», «ajoyib tovar» va shu kabi boshqa so‘z birikmalari; |

Tovar nomiga talablarTushuntirish
• «analog», «qalbaki», «nusxa», «copy», «replika», «1:1», «o‘xshash», «original», «original», «asl tovar» kabi so‘zlar.
Transliteratsiyada (Kitoblar bundan mustasno) yoki katta harflar bilan yozilgan so‘zlar yo‘q.
Istisnolar: qisqartmalarga ruxsat

beriladi, masalan, GOST yoki ishlab chiqaruvchilar tomonidan

ishlatiladigan nomlar, masalan,

SEGA. | Agar tovar nomida «SMARTFON, PRISTAVKA» so‘zlari mavjud bo‘lsa, moderator rad etadi. | | Ko‘rinmaydigan belgilarini o‘z ichiga olmaydi. | Odatda, sarlavhalarni Internet saytlari yoki boshqa manbalardan nusxalashda ular yashirin belgilarni o‘z ichiga olishi mumkin. yordamida matndagi yashirin z mumkin. Yashirin belgilar paydo bo‘lishining oldini olish uchun mahsulot nomini qo‘lda kiriting. | | Takrorlanuvchi so‘zlar yo‘q | Moderator hech qanday sababsiz so‘zni bir necha marta ishlatadigan sarlavhani rad etadi. Masalan: «Choy uchun bokal, ikki kishilik bokal, 8 mart uchun bokal, keramik bokal, oila uchun bokal « | | Boshqa manbaga havolalar yoki yo‘naltirishlar yo‘q | Masalan: «Samsung TV. Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun bizning veb-saytimizga yoki

broshyuraga qarang» | | Ajralmas probellar (bo‘sh joy) yo‘q | O‘zlaridan keyingi so‘zlarni darhol yangi qatorga ko‘chirishni taqiqlovchi maxsus belgilar. Matndaular quyidagicha ko‘rinadi: | | HTML-teglar ishlatilmagan | Veb-sahifa shakllantirishga yordam beruvchi maxsus belgilar. Ular quyidagicha ko‘rinadi: <p>, <a>, <b> |

Tovar nomlarini moderatsiya qilishda ko‘p uchraydigan xatolar

XatolikTo‘g‘riNoto‘g‘ri
Tovar nomi juda uzunKubik-boshqotirma XiaomiXiaomi Kubik-boshqotirmasi Tekis

mustahkam Sehrli kub Cheksiz

buraladigan aylanadigan kub

Rivojlantiruvchi o‘yinchoq kattalar va bolalar uchun ideal mos keladi Miyani charxlaydi mayda Motorikani yaxshilaydi |

XatolikTo‘g‘riNoto‘g‘ri
Kritik fikrlash va muammolarni tez hal qilish
Nomdagi so‘zlar mos kelmaydiGilam, yotoqxona uchun dekorativ sirpanmaydiganYOtoqxona Dekorativ sirpanmaydigan xonadon uchun oval shaklidagi mayin tukli yumshoq gilam
Tovar nomi chet tilidaRumyana (yog‘li upa) «Compact Blush»

LAMBRE

kompaniyasidan,

yantar (qahrabo)

rangida | LAMBRE Compact Blush Amber High Light | | Tinish belgilarisiz uzun nom | 5 qismli to‘plam:

maktab uchun klatch, ayollar ryukzaki, o‘smir qizlar uchun klassik

maktab sumkasi,

kamar uchun ryukzak-sumka | 5 qismli to‘plam maktab uchun klatch ayollar ryukzagi o‘smir qizlar uchun klassik maktab sumkasi kamar uchun ryukzak-sumka | | Nomda maxsus belgilar juda ko‘p | Olma sirkasi Selen | Selen olma sirkasi, oziq-ovqat ziravori, salat uchun masalliq, tarkibida: temir,

magniy, nikel, mis, ovqat hazm qilishni normallashtiradi, jigar va buyraklar uchun. Neoselen. | | Takroriy so‘zlar ko‘p | Futbolka, ayollar uchun yozgi, printli | Ayollar Futbolkasi / YOzgi Futbolka / Printli Futbolka/ Futbolka | | Juda uzun so‘z | Sumka, «Maroqand» printi bilan | SumkaMaroqandJomadonO‘yinkartasiAks essuar | | Nomda bosh harflar bilan yozilgan so‘zlar ko‘p | YOpqichlar, Hyundai Creta priborlar paneli va konsoli uchun | YOPQIChLAR, HYuNDAI CRETA PRIBORLAR PANELI VA KONSOLI UChUN | | Nomda tovar turlari va/yoki sinonim

so‘zlar juda ko‘p

takrorlangan | Rivojlantiruvchi

musiqali o‘yinchoq «Zayka» | Rivojlantiruvchi musiqali o‘yinchoq Zayka / Aqlli bolacha / interaktiv o‘yinchoq / yashil quyoncha | | Tovar nomi mumkin bo‘lmagan

simvollarga ega,

masalan, emodzi yoki ierogliflar | Kalta futbolka Lacoste | Kalta Lacoste futbolkasi, sifati LYuKS | | | Kofe «Nescafe», Braziliya | Braziliya kofesi «Nescafe» 柠檬草 |

Tovar nomlari uchun umumiy tavsiyalar

Tovar nomini quyidagi sxema bo‘yicha yarating:

Mahsulot turi*(u nima)* + Tovar asl nomi*(mavjud bo‘lsa, nomi va muhim xususiyatlari), + Tovar yoki ishlab chiqaruvchi(agar mavjud bo‘lsa)*.

Masalan:

Bolalar uchun pazzl*(turi)«To‘tiqush Kesha»(tovar nomi)*, Step Puzzle (brend).

Noto‘g‘ri:

  • Step Puzzle To‘tiqush Kesha*(turi ko‘rsatilmagan – xaridor bu nima ekanligini* tushunmaydi);
  • Bolalar uchun pazl To‘tiqush Kesha*(brend ko‘rsatilmagan)*;
  • Step Puzzle Bolalar uchun pazl To‘tiqush Kesha*(avval brend, keyin turi ko‘rsatilgan)*.

Go‘zallik va salomatlik toifasidagi tovarlar nomi boshqacha tuzilgan: Brend birinchi o‘rinda turadi. Barcha yirik ishlab chiqaruvchilar ushbu standartga rioya qilishadi. Yaʼni, nom quyidagi sxema bo‘yicha tuziladi:

Brend + Mahsulot nomi + Turi + Boshqa muhim parametrlar.

Kitoblar toifasi uchun tovar nomini kitob muqovasida ko‘rsatilganidek kiriting.

Juda ko‘p xususiyatlarni ko‘rsatmang, tovar nomida faqat eng muhimlarini qoldiring.

Tovar nomiga faqat ushbu mahsulotga xos bo‘lgan va hal qiluvchi maʼnoga ega bo‘lgan xususiyatlar yoki miqdoriy ko‘rsatkichlarni qo‘shishga ruxsat beriladi. Moderatorlar, agar nom boshqa qoidalarni buzmasa va qo‘shimchalar haqiqatan ham hal qiluvchi bo‘lsa, bunday nomga ruxsat berishlari mumkin.

Ruxsat etilgan, o‘ziga xos xususiyatga ega tovar nomlariga misollar: • Choy servisi Luminarc Ocean Eclipse, 6 kishilik, 12 idish, H9147 • Svetodiodli chiroq, 12 Vatt, IP45

• Sharikli ruchkalar, turli rangda, 5 dona

• Qog‘oz sochiqlar Belizna, 23 x 24 sm, 100 dona

Noto‘g‘ri tuzilgan, o‘ziga xos xususiyatga ega tovar nomlariga misollar:

• Choy servisi Luminarc Ocean Eclipse 6 kishi uchun, finjonlar 6 dona., likopchalar 6 dona, 12 idish, H9147

• Svetodiodli chiroq 12 Vattli, suv o‘tkazmaydigan, changdan himoyalangan, 220 volt • Sharikli ruchkalar, turli rangda, 5 dona, qizil, yashil, qora, pushti, ko‘k.

  • Qog‘oz sochiqlar Belizna, 23 x 24 sm, 100 dona, naqshli, GOST 12345 bo‘yicha.

4.2.4. Tovar tavsifi

Tovar tavsifi mahsulot haqida, uning xususiyatlari, sifatlari, xarakteristikalari va funktsiyalari haqidagi muhim maʼlumotlar jamlanmasidir.

Tovar tavsifida siz tovaringiz nimaga mo‘ljallanganligini va uni qanday ishlatishni aniq tushuntirishingiz, mahsulotingizning afzalliklarini taʼkidlashingiz va xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha maʼlumotlarni taqdim etishingiz zarur.

Tovar tavsifi tovar kartochkasi yaratish bo‘yicha umumiy talablarga javob berishi, tovarga to‘liq mos kelishi va uning haqiqiy xarakteristikalari va xususiyatlarini aks ettirishi kerak.

Shu bilan birga, tasavvurlar real holatga to‘g‘ri kelmagan holatlar yuzaga kelmasligi kerak. Aks holda, tovarlaringiz qaytib keladi, salbiy sharhlar olasiz va do‘konning obro‘si pasayadi. Mahsulot tavsifidagi maʼlumotlar qanchalik to‘liq bo‘lsa, xaridorning eʼtirozlari va savollari shunchalik kam bo‘ladi. Va xaridor sizdan sotib olishi ehtimoli baland bo‘ladi va aniqroq to‘liq maʼlumotlar izlab raqobatchilarga o‘tib ketmaydi.

Tavsif matningizni tashkillashtiring va nima muhimligini taʼkidlang. Siz quyidagi imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin:

• sarlavhalar;

• ajratib ko‘rsatish;

• tagiga chizish;

• ro‘yxatlar;

Tavsif matniga talablar:

  • malakali, xatosiz;

• belgilarning maksimal soni, shu jumladan ruxsat etilgan html teglari bilan - 6000; • Tovaringizga va uning fotosuratiga mos keladi;

• Tovar to‘g‘risida aniq maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi: u nimadan tayyorlangan, qanday foydalaniladi, qanday xususiyat va afzalliklarga ega va hokazo;

• ro‘yxatlardan iborat emas;

• «analog», «soxta», «nusxa», «copy», «replika», «1:1», «asoslangan», «original», «original», «asl» so‘zlarini o‘z ichiga olmaydi;

Tavsif matnida bo‘lishi mumkin emas:

  • keraksiz yoki chalg‘itadigan maʼlumotlar, shu jumladan, assortiment haqida - siz xaridorlarga tovar kartochkasida ko‘rsatilganidan boshqa rang, dizayn yoki model variantlarini taklif qilish mumkin emas;

• qidiruv va katalogda kartochkani targ‘ib qilish uchun mahsulotga mos kelmaydigan kalit so‘zlar ro‘yxati;

• telefon raqamlari, veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga havolalar va boshqa aloqa maʼlumotlari;

• ko‘p sonli ierogliflar (masalan, xitoy yoki yapon tovarlari uchun);

• tinish belgilarining ortiqcha yoki yetarli emasligi;

  • boshqa manbaga havolalar yoki havolalar - masalan, «batafsil maʼlumot uchun bukletga qarang»;
  • reklama maʼlumotlari - masalan, quyidagilarni yozish mumkin emas:
  • «aktsiya», «sotib tugatish», «chegirma», «faqat bugun» so‘zlari;
  • mahsulot narxi;
  • «eng yaxshi mahsulot», «noyob mahsulot», «ajoyib mahsulot» va shunga o‘xshash iboralar.
  • yetkazib berish va qaytarish shartlari;
  • har qanday qo‘shimcha amal bajarishga chaqiruvlar - masalan, boshqa saytga kirish, mahsulotni solishtirish, xarid qilish va hokazolar;
  • transliteratsiya yoki bosh harflar bilan yozilgan so‘zlar. Istisnolar: qisqartmalarga (masalan, GOST) yoki ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlatiladigan nomlarga (masalan, SEGA) ruxsat etiladi.

Tovar tavsifi keltirilgan batafsil maʼlumotlar quyidagi muhim elementlarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • Yaroqlilik muddati: Agar tovarning yaroqlilik muddati bo‘lsa, u tovar tavsifida ko‘rsatilishi kerak. Odatda bu oziq-ovqat, dori-darmon, kosmetika va boshqalarga tegishli bo‘ladi. Yaroqlilik muddatini kiritish xaridorga tovardan qancha vaqt foydalanish mumkinligini tushunishga yordam beradi va tovarning muddatidan oldin buzilishini oldini oladi.
  • Saqlash shartlari: Agar tovar maʼlum harorat, namlik yoki saqlash muddati kabi maxsus saqlash sharoitlarini talab qilsa, bu shartlar tovar tavsifida ko‘rsatilishi kerak. Bu xaridorga tovarni to‘g‘ri saqlashga va buzilishdan saqlanishga imkon beradi.
  • Foydalanishga doir ko‘rsatmalar: tovar tavsifida mahsulotdan foydalanish bo‘yicha, masalan maxsus yuvish, tozalash yoki ishlov berish kabi tavsiyalar ko‘rsatilishi mumkin. Yaxshi ishlab chiqilgan tovar tavsifi xaridorga mahsulotdan maksimal foyda olish va udan uzoq muddat foydalanish uchun yordam beradi.
  • Sertifikatlar yoki litsenziyalar: agar tovarni sotish uchun maxsus sertifikatlar yoki litsenziyalar talab qilinsa, ular ham tovar tavsifida ko‘rsatilishi kerak. Bu odatda tibbiy yoki ilmiy texnologiya, signalizatsiya va boshqa ixtisoslashtirilgan mahsulotlar bilan bog‘liq tovarlar uchun muhimdir.
  • Kafolatlar va servis xizmatlari: Agar mahsulot kafolat yoki servis xizmatlari bilan taʼminlangan bo‘lsa, bu tovar tavsifida ham qayd etilishi kerak. Xaridorlar xaridga qanday kafolatlar yoki servis xizmatlar kiritilganligiga qarab qaror qabul qilishlari mumkin.
  • Texnik xususiyatlar: Agar tovarda texnik xususiyatlar mavjud bo‘lsa, ular tovar tavsifiga kiritilishi kerak. Quvvat, tezlik va boshqa parametrlar kabi xususiyatlarni ko‘rsatish xaridorga mahsulotlarni solishtirishga va o‘z ehtiyojlari uchun to‘g‘ri tovarni tanlashga yordam beradi.
  • Tovar miqdori: agar tovar to‘plam, komplekt, yig‘ma bo‘lsa yoki mahsulotning bir o‘ramida maʼlum miqdorda mahsulot bo‘lsa, uning tarkibi, har bir qism miqdori, o‘ramdagi miqdori ko‘rsatilishi muhimdir. Shuningdek, xaridor bularning barchasini tovar fotosuratlarida ko‘rishi maʼquldir.

Shunday yo‘l bilan, tovar tavsifida keltirilgan batafsil maʼlumotlar tovar tavsifining sifati va aniqligini sezilarli darajada yaxshilaydi va xaridorlarga xarid qilishdan oldin barcha kerakli maʼlumotlarni olish imkonini beradi.

4.2.5. Tovar xususiyatlari

Tovar kartochkasini yaratishda uning xususiyatlarini to‘g‘ri ko‘rsatish muhimdir. Shunda xaridor filtrlar yordamida yoki saytdan qidirish orqali tovaringizni tezda topib oladi va xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tovar kartochkasidan barcha kerakli maʼlumotlarni oladi.

Tizimda siz har bir model uchun har xil xususiyatlar va narxlarni ko‘rsatish orqali bitta kartochkada tovarning turli xil variantlarni qo‘shishingiz mumkin. Bu xaridorlar uchun tanlovni osonlashtiradi, chunki ular boshqa tovar sahifasiga o‘tishlari shart bo‘lmaydi.

Misol uchun, agar siz turli xotira hajmiga ega (64/128/256 GB) va bir nechta ranglarda (qora, qizil yoki oq) mavjud bo‘lgan bir xil smartfon modelini sotayotgan bo‘lsangiz, siz har bir tovar varianti uchun alohida kartochka yaratishingiz shart emas. Har bir variant uchun alohida narx belgilashingiz mumkin. Bu sizning hisobot yuritishingizni soddalashtiradi va xaridorlarga tovar haqida maʼlumotlarni qulay tarzda taqdim etish imkonini beradi.

Turli xil xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tovar kartochkasini yaratishda tovarning barcha mumkin bo‘lgan xususiyatlarini qo‘shish tavsiya etiladi. Chunki, tovar kartochkasi yaratgandan va moderatsiya o‘tgandan so‘ng, siz tovar xususiyatlarini o‘zgartira olmaysiz.

Bundan tashqari, bir tovarning xususiyatlari va narxlariga ko‘ra alohida ajratib yaratilgan tovar kartochkalarini keyin birlashtira olmaysiz. Shuning uchun, barcha mumkin bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida jamlagan bitta tovar kartochkasi yarating. Tovar uchun, faqat xususiyatlari bilan farq qiluvchi alohida tovar kartochkalari yaratish mumkin, lekin tavsiya etilmaydi.

Tovarning faqat haqiqiy xususiyatlarini ko‘rsating. Agar kartochkada juda ko‘p tafsilotlar va ahamiyatsiz parametrlar mavjud bo‘lsa, u xaridorning ishtiyoqini so‘ndiradi va kataloglardagi, qidiruvlardagi o‘rnini kamaytirishi mumkin.

Ayrim kategoriyalar uchun to‘ldirilishi kerak bo‘lgan standart xususiyatlar ro‘yxati mavjud. Masalan, «Televizorlar» kategoriyasi uchun televizor ekrani diagonali o‘lchamini ko‘rsatish majburiydir.

Tovar tavsifi ikki tilda: o‘zbek (lotin) va rus (kirill) tillarida to‘ldirilishi kerak.

4.2.6. Tovar brendi

Brend – bu tovarning muhim imidji hisoblanadi. Brend nomidanoq xaridorda tovar haqidagi tasavvur shakllanadi. Brend – bu xaridorning tanloviga taʼsir qiladigan tushuncha.

Shuning uchun, agar siz brend tovarlarni sotsangiz, tovaringiz brendga ega bo‘lsa, buni albatta ro‘yxatdan tanlab ko‘rsatishni unutmang.

Agar brend bo‘lmasa, «Brend yo‘q» variantini tanlang.

Shuningdek, siz o‘z brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Buning uchun siz menejerlarimizga o‘zingizning tovar belgisi uchun guvohnomangizni yuborishingiz kerak.

4.2.7. QQS stavkasi (Qo‘shimcha qiymat solig‘i)

Agar tovar sotishda mahsulotingiz QQS (Qo‘shilgan qiymat solig‘i) ga tortilsa, siz soliq stavkasini ko‘rsatishingiz kerak.

QQS stavkasi tovar chekida va stavkani ko‘rsatish zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarda ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga ko‘ra, soliq stavkasi 12 foiz miqdorida belgilangan.

Agar mahsulotingiz QQSga tortilmasa, stavka 0% qilib belgilanadi.

Muhim: Agar soliq organlarida savdo maydoni yuzasidan savollar paydo bo‘lsa, sotuvchi QQSni noto‘g‘ri ko‘rsatganlik uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

4.2.8. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakat

Muayyan xaridor uchun tovar ishlab chiqarilgan mamlakat ham ahamiyatga ega. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniq ko‘rsating, brend yoki kompaniyani emas. Chunki kompaniya yoki brend bir mamlakatda ro‘yxatdan o‘tishi va turli mamlakatlarda mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Noto‘g‘ri ko‘rsatilgan ishlab chiqarilgan mamlakat tovar sotib olingandan keyin qaytarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

4.2.9. Hajm-og‘irlik xususiyatlari

Hajm-og‘irlik xususiyatlari – tovarning ishlab chiqaruvchi qadog‘idagi og‘irligi va o‘lchamlaridir. Har bir tovar uchun vazn va o‘lchamlarni ko‘rsatish kerak, chunki ular quyidagilarga taʼsir qiladi:

  • Flymart omborida tovarlarni saqlash joyini aniqlash;
  • Yetkazib berish xarajatlari va muddatlarini hisoblash;
  • Yetkazib berish uchun transport tanlash;

Tovar kartochkasini yaratish va tahrirlashda quyidagi maydonlarda hajm-og‘irlik xususiyatlarini ko‘rsating:

  • «Og‘irligi, o‘rami bilan, g»;
  • «Qadoq kengligi, mm»;
  • «Qadoq balandligi, mm»;
  • «Qadoq uzunligi, mm».

Og‘irlik va o‘lchamlar qiymatsiz bo‘lishi, nol qiymatda, harflarda yoki kasr sonlarda yozilishi mumkin emas. Oxirgi vaziyatda, kasr sonni butun songa yaxlitlang: masalan, mahsulotning og‘irligi 100,1 gramm bo‘lsa, unda vaznni 100 gramm sifatida ko‘rsating.

Flymart saqlash sharoitlari, logistika, xavfsizlik, shuningdek, boshqa omillarni hisobga olgan holda, yirik va og‘ir tovarlarni joylashtirish va sotish uchun qabul qilmaydi.

Shundan kelib chiqib, tovarlarning vazni va o‘lchamlari bo‘yicha cheklovlar mavjud:

  • og‘irligi bo‘yicha - 1 000 000 g;
  • o‘lchamlari bo‘yicha - 13 500 mm (Kenglik + Balandlik + Uzunlik).

Tovar o‘lchamlari va og‘irligini ko‘rsatganda, tizim avtomatik ravishda uning hajm og‘irligini hisoblab chiqadi. Kartochka yaratilgan va faollashtirgandan so‘ng, siz tovarlarning hajm va og‘irlik xususiyatlarini o‘zgartira olmaysiz.

Hajm-og‘irlik xususiyatlarini moderatsiya qilish

Flymart omboriga tovarlarni qabul qilishda bizning moderatorlarimiz tovarlarning og‘irligi va o‘lchamlarini tekshirishadi va tovar kartochkasini to‘g‘rilab qo‘yishadi.

Agar siz FBS+ sxemasi bo‘yicha ishlasangiz, yaʼni, tovarlarni o‘z omboringizda saqlasangiz, va bizning kuryerlarimiz tovarlarni qabul qilish vaqtida xatolikni aniqlasalar, o‘lcham va vaznni joyida tekshiradilar va bu haqda moderatorlarga xabar beradilar.

Shuni yodda tutingki, moderatorlar tovarlarning noto‘g‘ri ko‘rsatilgan hajmi va og‘irlik xususiyatlari tufayli tovar kartochkasini bloklab qo‘yishlari mumkin. Shuning uchun tovaringiz qabul qilinishi va bloklanmasligi uchun tovarning hajm va vazn xususiyatlarini to‘g‘ri ko‘rsatishingiz o‘ta muhim.

Hajm-og‘irlik xususiyatlarini o‘zgartirish

Tovar kartochkasini moderatsiya qilgandan so‘ng, siz tovarlarning og‘irligi va o‘lchamlarini o‘zgartira olmaysiz.

Agar siz tovarning o‘lchamlari yoki og‘irligida noaniqliklarni sezsangiz va uni tuzatmoqchi bo‘lsangiz, sabablarini ko‘rsatgan holda qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling.

4.2.10. Tovarlarni majburiy markirovkalash

Tovarlarni majburiy markirovkalash amaliyoti 2019 yil 23 noyabrdan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 944-sonli «Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilinishi bilan boshlangan.

Quyidagi tovarlarni xozirdan markirovkalash shart:

  • Tamaki mahsulotlari, shu jumladan, boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar.
  • Alkogol mahsulotlari
  • Pivo mahsulotlari
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlar
  • Suv va salqin ichimliklar
  • Maishiy texnika

Markirovkalashni joriy etish qonunchilik darajasida tartibga solinadi.

Markirovkalash tizimining asosiy maqsadi isteʼmolchilarga sotib olingan mahsulotlarning haqiqiyligini va belgilangan sifatini kafolatlashdir.

Isteʼmolchi sotib olingan mahsulotning qonuniyligiga, ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligiga shubha qilmasligi mumkin. Maxsus mobil ilova orqali istalgan fuqaro mahsulotni oldindan tekshirishi va aniqlangan noqonuniy mahsulotlar haqida xabar berishi mumkin, va bu maʼlumotlar tegishli nazorat organiga yuboriladi.

Markirovkalash kodi nima?

Raqamli markirovkalash - bu mahsulotga yoki uning qadog‘iga vazifasi markirovkalangan mahsulotning harakatini ko‘rsatish bo‘lgan maxsuslashtirilgan kodni tushirish jarayonidir. Mahsulotlarni markirovkalashning asosiy vazifasi - isteʼmolchiga xarid qilinayotgan mahsulotining haqiqiyligi va eʼlon qilingan sifatini kafolatlashdir.

Mahsulotni markirovkalash uchun mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi va joyi qayd etilgan, shuningdek, uning: ishlab chiqaruvchidan ulgurji-chakana bosqichi va onlayn-g‘azna orqali mahsulotni sotishgacha bo‘lgan mahsulot zanjiri bo‘ylab harakatini kuzatadigan ikki hajmli Data Matrix kodi qo‘llaniladi.

Har bir bosqichda mahsulot ishlab chiqarish va aylanmasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar raqamli markirovkalash va mahsulotlarning kuzatib borish «Asl Belgisi» milliy axborot tizimida qayd etib boriladi.

Bu haqda batafsil maʼlumotni «Asl Belgisi» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimining yordam markazidan olishingiz mumkin.

Markirovkalash qanday ishlaydi?

Markirovkalash quyidagi jarayonlardan iborat:

  • Tovar aylanmasi ishtirokchisi «Asl Belgisi» MATda ro‘yxatdan o‘tadi.
  • Ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi raqamli kodga buyurtma beradi va mahsulotga

noyob kodni biriktiradi.

  • Markirovkalash kodi orqali belgilangan obʼekt harakatlanadigan butun logistika zanjiri,

zavoddan isteʼmolchiga, mahsulotni muomalaga kiritishdan to mahsulotni

muomaladan chiqarib yuborishgacha bo‘lgan logistika zanjiri belgilab boriladi.

  • Sotuv vaqtida tovar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan kod maxsus 2D-skaner

yordamida skanerdan o‘tkaziladi. Shunday yo‘l bilan mahsulot tovar aylanmasidan

chiqqanligi tizimga uzatiladi.

  • Raqamli markirovkalash tizimining mobil ilovasi yordamida isteʼmolchi uning

haqqoniyligini tekshirishi mumkin.

Markirovkalash uchun kim javobgar?

Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar markirovkalash kodlarini qo‘llash uchun

javobgardirlar. Ular markalash kodlariga buyurtma berishlari, ishlab chiqarishda tovarlarni

markirovkalashlari, markirovka qilingan tovarlarni muomalaga kiritishlari, tovar oborotidagi

boshqa ishtirokchilarga yetkazish uchun tovar haqidagi maʼlumotlarni markirovkalash tizimiga

yuborishlari kerak.

«SRPT TURON» MChJ operatori markirovkalash kodlarini chiqarish va «Asl Belgisi» MAT

tizimining ishlashi uchun javobgardir.

Agar siz tovar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi bo‘lsangiz, tovarlarni markirovkalash uchun siz 5 bosqichni bajarishingiz kerak:

  • 1-qadam. Markirovkalash tizimida ro‘yxatdan o‘tish
  • 2-qadam. Milliy katalogda mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
  • 3-qadam. Markirovkalash kodlarini buyurtma qilish va to‘lovni amalga oshirish
  • 4-qadam. Markirovkalash kodlarini tovarlarga qo‘llash
  • 5-qadam. Mahsulotlarni muomalaga kiritish

Agar siz distribyutor yoki ulgurji sotuvchi bo‘lsangiz, ishlab chiqaruvchidan, import qiluvchidan yoki tovar aylanmasining boshqa ishtirokchisidan tovarlar bilan birga markirovkalash kodlarini olishingiz kerak.

Markirovkalash kodlari qanday uzatiladi?

Har bir mahsulotda markirovkalash kodi bo‘lgan yorliq bo‘lishi kerak. Markirovkalash kodi ko‘rinib turishiga, o‘qilishi oson va shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling.

Markirovkalash siz ishlayotgan sxemaga bog‘liq:

  • FBF sxemasi bo‘yicha ishlaganda — yuborilgan mahsulotlarning markirovka kodlarini elektron hisob-faktura (EHF) orqali bizga yuboring. Flymart omboriga tovarlarni qabul qilishda biz tovarlardagi markirovka kodlarini va EHFda ko‘rsatilgan markirovka kodlarini o‘zaro mosligini tekshiramiz. Agar xatolik bo‘lmasa, biz EHFni elektron raqamli imzomiz (ERI) bilan tasdiqlaymiz.
  • FBS sxemasi bo‘yicha ishlaganda — siz buyurtmani yetkazib berishdan avval tovarning markirovkalash kodini shaxsiy kabinet orqali ko‘rsatishingiz kerak.

Markirovkalash kodlari tovar aylanmasidan qanday chiqariladi?

  • FBF sxemasi bo‘yicha ishlaganda — siz muntazam ravishda sotilgan tovarlarni tekshirib turasiz va markirovkalash kodlarini muomaladan chiqarib tashlaysiz. Markirovkalash kodi sotilgan tovarlarning chekida ko‘rsatiladi.
  • FBS sxemasi bo‘yicha ishlaganda — siz buyurtmani yetkazib berishdan avval tovarning markirovkalash kodini shaxsiy kabinet orqali ko‘rsatishingiz kerak. Tovar sotuvi tasdiqlangandan so‘ng siz mustaqil ravishda markirovkalash kodlarini muomaladan chiqarib tashlaysiz.

4.2.11. Tovar artikuli

Artikul – bu sizning do‘koningizdagi tovarlarni kuzatib borish uchun ishlatiladigan noyob tovar identifikatoridir. Siz artikul formatini o‘zingizning tovarlarni hisobga olish tizimingizga mos keladigan va siz uchun qulay bo‘lgan formatda tanlashingiz mumkin, masalan, «tshirt001_white_XL», «tshirt001_white_S» yoki «Tovar_0002».

Har bir tovaringiz o‘ziga xos artikulga ega bo‘lishi kerak. Bir necha tovarlar uchun bir xil artikuldan foydalana olmaysiz.

Agar siz artikul ko‘rsatmasangiz, tizim avtomatik ravishda unga identifikator biriktiradi, lekin buni o‘qish qiyin bo‘lishi mumkin yoki sizning tovar hisobi yuritish tizimingizga, masalan buxgalteriya yuritish dasturingizga mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun tovarlarga artikulni o‘zingiz belgilashingiz tavsiya etiladi.

Siz istalgan vaqtda mahsulot artikulini o‘zgartirishingiz mumkin. Buning uchun:

  • «Tovarlar va narxlar» bo‘limini oching;
  • «Tovarlar ro‘yxati» menyusiga o‘ting;
  • Kerakli tovar yozuvida ⋮ belgisini bosing va «Tovarni tahrirlash» menyusini tanlang.

4.2.12. Tovarning foto va video tasvirlari

Fotosuratlar va videolar savdo maydonidagi tovar kartochkasi tavsifining asosiy elementlari hisoblanadi. Ko‘proq xaridorlarni jalb qilish va muvaffaqiyatli sotish ehtimolini oshirish uchun siz tovarlarning fotosuratlari va videolari uchun maʼlum talablarga rioya qilishingiz kerak:

  1. Asosiy fotosurat: tovar kartochkasida bitta asosiy fotosurat bo‘lishi shart. Tovar videotasvirini asosiy fotosurat sifatida ishlatish mumkin emas.

  2. Tasvir sifati: fotosuratlar va videolar yuqori sifatli, yaxshi aniqlik, aniq konturlar, oq yoki badiiy fonda, ramkalarsiz bo‘lishi kerak. Bu xaridorlarga mahsulotni aniq ko‘rib chiqish va uning sifatini baholash imkonini beradi.

  3. Turli tomonlardan suratga olish: tovarning turli rakurslardan olingan bir nechta fotosuratlarini taqdim etish kerak. Bu xaridorga mahsulotning haqiqatda qanday ko‘rinishini yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Fotosuratlarda tovar brendi, modeli, stili, boshqaruv yoki funktsional elementlari, cheklovlari ko‘rinib turishi kerak.

  4. Fotosuratlar stili: tovar fotosuratlari mahsulot tavsifiga professionallik va o‘ziga xos yondashuv berish uchun maʼlum bir uslubda olinishi kerak. Misol uchun, zamonaviy urfdagi kiyim fotosurati chiroyli uslubda, elegant ko‘rinishda tayyorlanishi kerak.

  5. YOrqinlik va ranglar: tovar suratlaridagi yorqinlik va rang tovarning haqiqiy ranglari va yorqinligiga yaqin bo‘lishi kerak. Bu xaridorga tovarni to‘g‘ri baholashga yordam beradi va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.

  6. Video namoyishlar: imkoniyat bo‘lgan taqdirda, tovar bilan batafsilroq tanishtirish uchun, tovarning video tasvirlarini taqdim eting. Tovarning video tasvirlari xaridorga mahsulot va uning xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

  7. Oq fon: tovarning oq fondagi fotosuratlari bo‘lishi diqqatni tovarga qaratishga va fotosuratning estetik jozibadorligini oshirishga imkon beradi.

  8. Badiiy fon: badiiy fon shunday yaratilishi kerakki, fon tovar ko‘rkam ko‘rsatishi, tovarga bo‘lgan eʼtiborni chalg‘itmasligi kerak. Fon ranglari tovar ranglari bilan o‘zaro kontrastda bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Fotosuratga talablar

Flymart tovar fotosuratlariga umumiy standart talablarni belgilab qo‘ygan

XususiyatlariTalablar
FormatJPEG, JPG, PNG, HEIC, WEBP
Aniqlik1080x1440 dan 1440x1920 pikselgacha.
Tomonlar nisbatiVertikal 3:4
Fon risunka:Oq yoki badiiy fon
Hajmi5 MB dan ko‘p emas
  • Tovar uchun faqat bitta asosiy surat qo‘shish mumkin (fotosuratda aynan tovar surati bo‘lishi kerak);

• Surat mahsulot nomi va tavsifiga mos kelishi kerak;

• Suratda tovar to‘liq ko‘rsatilgan. Fotosuratda tovardan qanday foydalanish kerakligi aniq tushunarli aks etgan. Misol uchun, choyshablar uchun choyshabning kravatda yoyilgan fotosuratini yuklang, upakovka yoki taxlangan holatda emas;

• Surat rangli va sifatli;

• Surat aniq va tovar diqqat markazida joylashgan;

• Suratda suv belgilari (surat ustiga qo‘yilgan turli yozuvlar) yo‘q;

• Infografika ishlatish mumkin.

Fotosuratda ishlatish mumkin emas:

  • alkogol ichimliklar tasviri;

• tovar eskizlari (masalan, 3D modellar);

• oq-qora, monoxrom fotosuratlar;

• tiniq bo‘lmagan, aniq bo‘lmagan, sifatsiz fotosuratlar;

• “uy sharoitida” olingan fotosuratlar: gilam, mebel fonida, boshqa narsalarning soyalari tushib turgan holatlar;

• Turli yozuvlar:

  • narxlar, chegirmalar, aloqa uchun maʼlumotlar, ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlarga havolalarni ko‘rsatish;

  • qandaydir harakat qilishga chorlovchi har qanday chaqiriqlar - masalan, menejerga qo‘ng‘iroq qilish, mahsulotlarni taqqoslash, xarid qilishga undash va hokazo.

  • tovar ko‘rsatilmagan fotosuratlar;

• zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi yoki adovat qo‘zg‘atuvchi nomaqbul kontent.

18+ turkumidagi fotosuratlar

Tasvirlarda inson tanasining avrat sohalari xiralashtirilgan yoki boshqa tarzda yashirilgan bo‘lishi kerak. Masalan, jinsiy aʼzolar, tananing avrat sohalari, aʼzolarga taqlid qiluvchi o‘yinchoqlar tasvirlari. Talablar tovarlar va odamlar suratlariga nisbatan, shuningdek qadoqdagi suratlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Videotasvirlarga qo‘yilgan talablar

Videotasvirda aynan tegishli tovar ko‘rsatilishi kerak. Siz uning afzalliklarini yoki undan qanday foydalanishni ko‘rsatishingiz kerak. Video va ovozning sifatli bo‘lishi muhim.

Agar videotasvirda quyidagilar mavjud bo‘lsa, biz uni joylashtirmaymiz:

  • behayo so‘zlar, haqoratlar;
  • spirtli ichimliklar, sigaretalar;
  • yozuvlar:
  • narxlar, chegirmalar, aloqa maʼlumotlari, ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rsatish;
  • yetkazib berish va qaytarish shartlari, masalan: «Tez yetkazib beramiz», «Bir kun ichida yetkazib beramiz» va hokazo;
  • boshqa saytlar va do‘konlarni reklama qilish;
  • shaxsiy maʼlumotlar - masalan, karta raqami, pasport fotosurati;
  • tananing avrat sohalari, erotik tovushlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan maʼlumotlar;
  • Flymart tomonidan taʼqiqlangan tovarlar.

Videotasvirga qo‘yilgan talablar

XususiyatlariTalablar
FormatMP4, MOV
Aniqlikkengligi 1080 dan 1920px gacha
Hajmi100 MB dan ko‘p emas;
Davomiyligi8 soniyadan 5 daqiqagacha

4.2.13. Mahsulotning identifikatsiya kodi (MXIK)

MXIK – mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi bo‘lib, mahsulot yoki xizmatlarning maʼlum bir turiga tayinlangan va elektron hisob-fakturalarda, elektron shartnomalarda va nazorat-kassa mashinasida aks ettirilgan belgilar (raqamlar) to‘plami shaklida ko‘rsatiladi.

Tovar identifikatsiya kodini veb-saytida joylashgan Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) Yagona elektopish mumkin.

MXIK elektron katalogidan quyidagi usullarda qidirishingiz mumkin:

  • Matn, tovar nomi bo‘yicha kengaytirilgan qidiruv;
  • MXIK bo‘yicha qidiruv;
  • Shtrix-kod bo‘yicha qidiruv;
  • TIF TN (TN VED) kodlari bo‘yicha qidiruv;
  • Brend bo‘yicha qidiruv;
  • Ro‘yxatga olish raqami bo‘yicha qidiruv (dori vositalari uchun).

Agar siz kerakli tovarni va uning identifikatsiya kodini topa olmasangiz, tovar nomini to‘g‘ri kiritganingizga ishonch hosil qilib qidiruvni takrorlab ko‘ring.

Agar kerakli kodni topa olmasangiz, unda MXIK olish uchun so‘rov qoldiring. Arizani ko‘rib chiqish muddati taqdim etilgan maʼlumotlarning to‘liqligiga, tovarlar soniga, ularning xususiyatlariga bog‘liq.

Siz vaqtinchalik, 7 kun muddatga berilgan vaqtinchalik tasnif kodidan foydalana olmaysiz.

Tovar kartochkasida noto‘g‘ri ko‘rsatilgan MXIK, keyinchalik elektron schyot-fakturalarda, onlayn kassa cheklarida (virtual kassa), shuningdek elektron shartnomalarda aks etadi va maʼlumotlarning noto‘g‘ri shakllanishiga, sotib olingan (qabul qilingan) va sotilgan tovarlar o‘rtasidagi tafovutga olib kelishi mumkin. Natijada, tovar kartochkasi bloklanadi.

4.2.14. Shtrix-kod

Tovar kartochkasini yaratishda sizga alohida Flymart identifikatsiya kodi va alohida tizim shtrix-kodi beriladi. Shtrix-kodni chop etib olishingiz va tovarga biriktirishingiz zarur.

Agar tovar kartochkasi xarakteristikalari bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi barcha tovar variantlarini o‘z ichiga olsa, masalan, turli o‘lchamdagi poyabzal, u holda har bir tovar variantiga Flymart alohida identifikatsiya kodi va alohida tizim shtrix-kodi beriladi.

Shuni taʼkidlash kerakki, tovarga berilgan kod va shtrix-kod tovar bilan ishlashning butun davri davomida o‘zgarishsiz qoladi. Agar tovar uchun Flymart tizimida yangi kartochka yaratilgan bo‘lsa, unga ham yangi shtrix-kod biriktiriladi.

Tovarlarni Flymart omboriga jo‘natishdan oldin yoki yukni yetkazib berish uchun kuryerga topshirishdan oldin, har bir tovar qadog‘ining ko‘rinadigan joyida tovarga tegishli shtrix-kod borligini tekshirish kerak.

4.3. Narx va chegirmalar

Tovar kartochkasini yaratishda siz tovar narxini ko‘rsatishingiz kerak. Agar siz tovaringizni bozor narxlariga nisbatan chegirma bilan sotmoqchi bo‘lsangiz, chegirmani ham ko‘rsatishingiz mumkin.

Tovarlarga narxlar belgilash sotuvchilar uchun muhim vazifadir. Shuning uchun talab va sotish natijalariga taʼsir qiluvchi bir qator omillarni hisobga olish kerak bo‘ldi.

4.3.1. Tovar narxini belgilash bo‘yicha tavsiyalar

Tovar narxini belgilashda siz tovarning xususiyatlarini, o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini, ishlab chiqarish, import va yetkazib berish narxlarini, umuman bozordagi vaziyat, raqobat darajasini va boshqalarni tahlil qilishingiz kerak.

Bozorda rentabellik va raqobatbardoshlikni taʼminlash maqsadida sotuvchilarga o‘z tovarlariga to‘g‘ri narxlarni belgilash uchun bozor vaziyatini va raqobat muhitini diqqat bilan tahlil qilishni tavsiya qilamiz.

Narxlarni shakllantirish jarayonining muhim qismi, tovarning xususiyatlari, uning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish tannarxi, import, bojlar, transport sarflari, bozordagi vaziyat va raqobat darajasi, o‘xshash tovarlarning bozor narxlarini, raqobatchilar narxlarini va potentsial xaridorlar istaklarini tahlil qilishdir. Barcha bozor talablari va o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda joriy vaziyatni va kelajakdagi bozor prognozlarni hisobga olish kerak.

Soliqlar, QQS, komissiyalar, qadoqlash va yetkazib berish xarajatlari, shikastlanish, nuqsonlar, qadoqlash, qaytarish va almashtirish bilan bog‘liq kutilmagan xarajatlarni hisobga olish juda muhimdir.

Tovarlar narxi sotuvchi tomonidan belgilanadi, qonunlarda yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Flymart belgilangan narxlar va ularning o‘zgarishlarini kuzatib boradi. Moderatorlar narxlarni juda past yoki juda yuqori deb hisoblasa, qonunchilik talablarini buzsa yoki narxlarni shubhali deb hisoblasa, tovar kartochkasini bloklash huquqiga ega. Bunday holatda, moderatorlarimiz sizning narx siyosatingizni aniqlashtirish uchun siz bilan bog‘lanishadi.

4.3.2. Tovarlarga narx va chegirmalarni belgilash

Tovar kartochkasini yaratib va yagona identifikator belgilangandan so‘ng, tovar narxini ko‘rsatishingiz kerak. Narxni belgilashda QQSni hisobga oling va uni narxga qo‘shib kiriting.

Tegishli maydonlarda narxlarni so‘mda ko‘rsating:

  • «Narx» [majburiy maydon] – kartochkada ko‘rsatiladigan tovarning to‘liq qiymati.
  • «Chegirma»[ixtiyoriy maydon] – tovar uchun chegirmasi miqdori.
  • “Sotuv narxi”[avtomatik ravishda hisoblanadi] - siz ko‘rsatgan chegirmani hisobga olgan holda tovar narxi.
  • «Komissiya»[avtomatik ravishda hisoblanadi] - ushbu tovarni sotishdan biz tomonimizdan ushlab qolinadigan komissiya miqdori.
  • “Yechib olish uchun”[avtomatik ravishda hisoblanadi] – tovar sotuvidan so‘ng siz o‘z hisobingizga yechib olishingiz mumkin bo‘lgan summa.

Odatda, ko‘rsatilgan miqdorlar bitta tovar kartochkasida ko‘rsatilgan barcha turdagi tovar variatsiyalari uchun bir xilda belgilanadi.

Agar kartochkada turli xil xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar bo‘lsa va tovarlar turli narxlar va chegirmalarga ega bo‘lsa, unda barcha tovar variatsiyalari uchun narxlar va chegirmalarni alohida ko‘rsatishingiz kerak.

Avvalo, har bir tovar variatsiyasiga qaysi identifikator tayinlanganligini bilib oling, keyin har bir identifikator uchun alohida narx va chegirmalarni aniqlab oling.

Undan so‘ng, «Xususiyatlar bo‘yicha turli narxlar» katagiga belgi qo‘ying va «Narxlarni o‘zgartirish» tugmasini bosing. Tovar variatsiyalari sanab o‘tilgan jadval ochiladi. Barcha variatsiyalar uchun narxlar va chegirmalarni xatosiz, ehtiyotkorlik bilan kiritib chiqing. Kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlang.

Tovarlar uchun narxlarni belgilashda juda ehtiyot bo‘ling. Eng past narxlar yoki narxlarning keskin pasayish uchinchi tomon botlari tomonidan kuzatib turiladi, xaridorlar tasodifan topib olishadi yoki ataylab qidirishadi.

Agar bu kabi holat yuzaga kelsa, barcha tovaringiz juda qisqa vaqt ichida sotib olinishi mumkin va biz buyurtmalarni bekor qila olmaymiz! Buyurtmani bir tomonlama bekor qilish taqiqlanadi va xaridor o‘z buyurtmasini saytda belgilangan va ko‘rsatilgan narxda sotib olish huquqiga ega.

Agar siz xatolikni sezsangiz, darhol narxlarni o‘zgartirishingiz yoki tovar kartochkasini bloklashingiz kerak. Bu vaziyatda, narxlarning o‘zgarishi qiymati to‘langan yoki tasdiqlangan buyurtmalarga taʼsir qilmasligini yodda tutish kerak.

4.3.3. Tovarlar narxlarini va chegirmalarini o‘zgartirish

Siz istalgan vaqtda tovarlar narxlari va chegirmalarini o‘zgartirishingiz mumkin. Buning uchun siz «Narxlarni boshqarish» bo‘limiga o‘tishingiz, kerakli tovarni tanlashingiz, narxlar va chegirmalarni o‘zgartirishingiz kerak.

O‘zgartirilgan narxlar darhol veb-saytda ko‘rinadi va faqat yangi buyurtmalar uchun amal qiladi. Yangi narxlar avvalroq savatga qo‘shilgan, biroq hali buyurtma berilmagan tovarlarga ham tegishli bo‘ladi.

Shuni yodda tutish kerakki, yangi narxlar avval to‘langan yoki tasdiqlangan buyurtmalarga taʼsir qilmaydi va biz buyurtmalarni hali yetkazib berilmagan bo‘lsa ham bekor qila olmaymiz.

Narxlar o‘zgarganda, bozor vaziyatini va raqobat muhitini, xaridorlarning, ayniqsa sizning tovaringizni o‘z savatiga qo‘shganlarning munosabatini diqqat bilan tahlil qiling. Agar siz narxni oshirsangiz yoki chegirmani pasaytirsangiz, bu sotuvga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Hech qachon tovar narxlari va chegirmalari bilan tajriba o‘tkazmang, ularni muhim sabablarsiz tez-tez o‘zgartirmang. Bunday harakatlar moderatorlarda shubha uyg‘otishi va tovaringizni bloklanishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, tez-tez o‘zgarishlar sizning doimiy xaridorlaringizda tushunmovchilik va ishonchsizlik tug‘dirishi, bu esa do‘koningiz reytingiga taʼsir qilishi mumkin.

4.4. Tovar kartochkasini tahrirlash

Tovar kartochkasi – xaridorni tanlashga, sotib olish yoki sotib olmaslikka turtki beradigan eng muhim maʼlumotdir. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan tovar kartochkasini tahrirlab turishga to‘g‘ri keladi.

Xatolar, noaniqliklar mahsulot xususiyatlari to‘liq berilmagan tavsiflar xaridorlar qiziqishi va talabini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun tovar kartochkasini maksimal yaxshilash uchun uni doimiy ravishda kuzatib borish va tahrirlab turish zarur.

Tovar kartochkasini istalgan vaqtda tahrirlashingiz mumkin, lekin ayrim cheklovlar ham mavjud. Buning uchun «Tovarlarva narxlar» bo‘limini va «Tovarlarro‘yxati» menyusini oching. Kerakli tovar kartochkasini tanlang, tovar menyusini oching va «Tahrirlash» tugmasini bosing.

Siz quyidagilarni yodda tutishingiz kerak:

  • Tovar kartochkasi o‘zgartirilganda, takroriy moderatsiya talab qilinadi, bu esa tovar vaqtincha sotuvdan olib qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.
  • Agar tovar kartochkasiga qo‘yilgan talablar buzilgan bo‘lsa, moderatorlar tovar kartochkasini faollashtira olmaydilar.
  • Moderatsiyadan o‘tkazish maʼlum bir vaqt talab etadi, bu savdoga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.
  • Agar faqat narx va chegirma o‘zgartirilsa, qayta moderatsiya talab qilinmaydi va yangi narxlar yangi buyurtmalar uchun darhol kuchga kiradi.

Tovar kartochkasida nimalarni o‘zgartirish mumkin emas?

Tovar kartochkasidagi baʼzi asosiy maʼlumotlarni o‘zgartira olmaysiz.

  • Siz tovar kategoriyasini o‘zgartira olmaysiz;
  • Siz tovarni majburiy markirovkalashga doir maʼlumotlarini o‘zgartira olmaysiz;
  • Siz mahsulot xarakteristikalarini o‘zgartira olmaysiz.

Agar siz tovar kartochkasidagi o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan maʼlumotlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu maʼlumotlarni o‘zgartirish sabablarini ko‘rsatib, qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling.

Tovar kartochkasini qachon cheklovlarsiz o‘zgartirish mumkin?

Tovar kartochkasini o‘zgartirish mumkin, agar:

  • Tovar kartochkasi holati «Nofaol» bo‘lsa;
  • Tovar biror marta ham Flymart omboriga topshirilmagan bo‘lsa (FBF sxemasi bo‘yicha);
  • Tovar biror marta ham sizning omboringizdan sotilmagan bo‘lsa (FBS+ sxemasi bo‘yicha).
  • Hujjatlarda ushbu tovar identifikatori mavjud yozuvlar bo‘lmasa.

Shuningdek, siz yangi maʼlumotlarga ega yangi tovar kartochkasini yaratishingiz, kartochka va tovar bilan bog‘liq barcha amallarni yangidan boshlashingiz mumkin. Bu esa buxgalteriya hisobi va monitoringida biroz noqulaylik tug‘diradi. Shu bilan birga, moderatorlar Flymart omborida qoldiq tovarlar mavjud bo‘lsa, tovar kartochkasini nusxa sifatida bloklab qo‘yishlari mumkin.

Qanday qilib qo‘shimcha xarakteristikalar qo‘shish mumkin?

Tovar kartochkasi yaratganingizdan so‘ng, siz tovar xususiyatlarini o‘zgartira olmaysiz. Tovar xususiyatlarga asoslanib, har bir mahsulot varianti uchun alohida identifikatsiya kodlari yaratiladi. Misol uchun, agar siz 3 xil futbolka o‘lchamini (S, M, XL) va 3 xil rangni (oq, qora, qizil) ko‘rsatgan bo‘lsangiz, u holda futbolkaning 9 ta varianti yaratiladi (S oq, M oq, XL qora va boshqalar). Shuning uchun tovar xususiyatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tahrirlash cheklangan.

Agar siz texnik xususiyatlardagi xatolikni tuzatmoqchi bo‘lsangiz, o‘zgartirish sabablarini ko‘rsatib, qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling.

Mavjud xususiyatlar qatoriga yangi element qo‘shishingiz mumkin. Misol uchun, agar ilgari faqat S, M va XL o‘lchamlari kiritilgan bo‘lsa, siz yangi XXL o‘lchamini qo‘shishingiz mumkin. Chunki, bunday o‘zgarish oqibatida avval yaratilgan kodlar yoki variatsiyalar o‘zgarib ketmaydi. Tizim avtomatik ravishda faqat yangi tovar variatsiyalari uchun qo‘shimcha shtrix kodlarni yaratadi.

Biroq, mavjud tovar variatsiyalariga taʼsir qiluvchi yangi xususiyatni qo‘sha olmaysiz. Misol uchun, agar avvalroq yozuvi borligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, siz futbolka kartochkasiga «Logotip bilan « va «Logotipsiz» kabi yangi farqlarni qo‘sha olmaysiz. Chunki bu holda tizim bitta “Qora futbolka XL”ni ikki xil mahsulotga, “Qora futbolka XL logotip bilan” yoki “Qora futbolka XL logotipsiz” kabi variantlarga ajrata olmaydi.

Agar yangi xususiyat qo‘shish juda zarur bo‘lsa, siz to‘g‘ri xususiyatni ko‘rsatib yangi tovar kartochkasi yaratishingiz, hisobga olish va monitoring ishlarida noqulaylik kelib chiqishiga qaramay, tovar va kartochka bilan bog‘liq ishlarni yangidan boshlashingiz kerak.

YOki siz ushbu tovar varianti uchun alohida tovar kartochkasi yaratishingiz mumkin, masalan, faqat “Qora futbolka XXL logotipsiz”. Ammo bunday yechim xaridorlar uchun noqulaylik tug‘diradi, talab va sotish hajmiga salbiy taʼsir qiladi.

Qanday qilib tovar kartochkasini o‘chirish yoki to‘xtatish mumkin?

Tovar kartochkasi quyidagi hollarda o‘chirilishi yoki nofaol holatga o‘tkazilishi mumkin:

  • Tovar kartochkasi holati «Nofaol» bo‘lsa;
  • Tovar biror marta ham Flymart omboriga topshirilmagan bo‘lsa (FBF sxemasi bo‘yicha);
  • Tovar biror marta ham sizning omboringizdan sotilmagan bo‘lsa (FBS+ sxemasi bo‘yicha).
  • Hujjatlarda ushbu tovar identifikatori mavjud yozuvlar bo‘lmasa.

Siz kartani quyidagi hollarda nofaol holatga o‘tkazib qo‘yishingiz mumkin: • Flymart omborida tovar qoldig‘i qolmagan (FBF sxemasi bo‘yicha); • Tovar sizning omboringizdan sotiladi (FBS+ sxemasi bo‘yicha);

Nofaol holatdagi tovarlar:

  • Flymart omboriga qabul qilinmaydi;

• onlayn-do‘kondagi mahsulotlar ro‘yxatida ko‘rsatilmaydi.

5. Tovarlarni tayyorlash, qadoqlash va markirovka qilish.**

5.1. Tovarlarni tayyorlash

Tovarni sotish uchun jo‘natishdan oldin siz tovarni tekshirishingiz, qadoqlashingiz, markirovka qilishingiz va tashish uchun tayyorlashingiz kerak.

Siz har bir tovarni quyidagi holatlarga tekshirishingiz kerak

• Tovar ko‘rsatilgan xususiyatlarga mos keladi;

• Tovarda nuqson yoki shikastlanish aniqlanmagan;

• Tovardan foydalanilmagan;

• Tovar qadog‘i shikastlanmagan;

• Qadoq va tovar bir-biriga mos keladi;

• Qadoqdagi tovarlar miqdori ko‘rsatilgan miqdorga mos keladi;

• Tovar va qadoqdagi barcha matnlar to‘liq, o‘qilishi oson, o‘chirilmagan yoki shikastlanmagan;

• Tovardagi va qadoqdagi barcha shtrix-kodlari, seriya raqamlari, marka va modellari yozuvlari shikastlanmagan;

• Agar tovar yoki qadoqda majburiy markirovkalash kodlari mavjud bo‘lsa, ular shikastlanmagan;

• Agar tovarga hujjatlar ilova qilingan bo‘lsa, u holda xar bir tovarda ular mavjud, shikastlanmagan va shikastlanishdan himoya qilingan;

• Tovarlar tashish va saqlash vaqtida shikastlanishdan himoyalangan.

  • Agar tovar majburiy markirovkalash toifasiga kirsa, sizning yuridik maʼlumotlaringiz yorliqda ko‘rsatilgan maʼlumotlarga mos keladi.

Tovarning saqlash muddatini tekshirish

Yaroqlilik muddati mavjud bo‘lgan tovarlar quyidagi qoidalarga muvofiqligini yaxshilab tekshirilishi kerak:

  • Agar tovar yaroqlilik muddatiga ega bo‘lsa, unda bunday tovarlarning ishlab chiqarish

sanasi, aniq ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati, saqlash shartlari va maʼlum bir sanagacha

yaroqlilik muddati bo‘lishi shart.

  • Yaroqlilik muddatiga oid barcha maʼlumotlar to‘liq, shikastlanmagan va

o‘zgartirilmagan bo‘lishi shart.

  • Yaroqlilik muddatiga oid barcha maʼlumotlarni o‘ramni ochmasdan ham tekshirish

imkoni bo‘lishi kerak.

  • Yaroqlilik muddati haqidagi barcha maʼlumotlar har kimga tushunarli bo‘lishi kerak.

Agar ishlab chiqaruvchi yaroqlilik muddati yoki ishlab chiqarish sanasini ko‘rsatish

uchun maxsus kodlashdan foydalangan bo‘lsa, bunday kodlashni o‘qish uslubi tovarlar

partiyasiga ilova qilinishi va Flymart omboriga topshirilishi kerak.

Omborga yuborilish vaqtidagi tovarning qoldiq yaroqlilik muddati:

Ishlab chiqaruvchi belgilagan yaroqlilik muddatiFlymart omboriga yetkazib berish uchun qolgan eng kam yaroqlilik muddati
6 oygacha70%
7 oydan 12 oygacha60%
12 oydan ko‘p40%

Tekshirish mumkin bo‘lgan hamma narsani diqqat bilan tekshiring. Shundan keyingina

tovarlarni Flymart qoidalariga muvofiq qadoqlash va belgilashga o‘ting.

Bu sizning biznesingizni sifatsiz tovarlar, xaridorlarning salbiy fikrlari, reytingizni pasayishi va

sizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishdan himoya qiladi.

5.2. Tovarlarni qadoqlash

Har bir tovar o‘zining alohida qadog‘iga yoki qo‘shimcha qadoqqa ega bo‘lishi, va:

  • tovarning turi, xossalari, o‘lchamlari va og‘irligiga mos kelishi;
  • Tovarni alohida shtrix-kod, kamida 40×25 mm bo‘lgan yorliq bilan identifikatsiya qilish

imkonini berishi;

  • tovarlarning har bir donasini alohida tashish, saqlash, joydan joyga ko‘chirish va

saralash imkonini berishi;

  • funktsional va miqdoriy xususiyatlarning saqlanishini taʼminlashi;
  • tashish va saqlash vaqtida xavfsizlikni taʼminlashi;
  • tashqi iqlim taʼsiridan himoya qilishni taʼminlashi;
  • ishlab chiqaruvchining qadoqlash talablariga javob berishi;
  • chiroyli tovar ko‘rinishini taʼminlashi kerak.

Ko‘p tovarlar barcha talablarga javob beradigan o‘z qadoqlariga ega, shuning uchun qo‘shimcha qadoqlashga zaruriyat bo‘lmaydi. Ammo umumiy qadoqda keladigan donali tovarlar ham bo‘ladi. YOki shtrix-kodni biriktirish imkoni bo‘lmagan mayda tovarlar ham mavjud. Shuningdek, bir nechta qismlardan iborat, har biri alohida alohida qadoqlangan yoki umuman qadoqlanmagan to‘plamlar yoki komplekt tovarlar ham bo‘lishi mumkin. Biz esa bunday to‘plamlarni bitta qadoqda yetkazib berishimiz kerak.

Misol uchun, maishiy texnika, to‘plamlar va suvenirlar deyarli har doim o‘z qadoqlariga ega bo‘ladi. Ammo oshxona yoki kantselyariya pichog‘i, haykalcha, qoshiq yoki shisha vaza kabi boshqa tovarlar ham borki, ularning asl qadog‘i bo‘lmasligi mumkin.

Baʼzi holatlarda siz o‘zingiz bir nechta tovarlardan bitta tovar to‘plamini yoki komplektini yaratishingiz va uni xaridorlarga arzon narxda eng maqbul to‘plam sifatida taklif qilishingiz mumkin. Misol uchun, qadog‘i bo‘lmagan kavsharlagich, o‘tkir uchli otvertka, firma qadog‘idagi brend multimetrni o‘z ichiga olgan «8 elementli elektrik to‘plami» yaratishingiz mumkin. Va bularning barchasi barcha qoidalarga muvofiq bitta qadoqqa joylashtirilishi kerak.

Bundan tashqari, agar siz bir xil mahsulotni bir nechta donadan qo‘shib sotmoqchi bo‘lsangiz va shu tariqa tovar kartochkasi yaratgan bo‘lsangiz, unda tovarning ishlab chiqaruvchi qadoqlari mavjud bo‘lishiga qaramay, ular bitta qadoqqa joylanishi kerak bo‘ladi. Misol uchun, siz A4 ofis qog‘ozini 3 ta pachkadan sotmoqchisiz. Odatda, ishlab chiqaruvchilar 500 varaq qog‘ozni bitta o‘ramga, 5 ta o‘ramni esa bitta qutilarga qadoqlab sotadilar. Siz esa aynan 2 ta o‘ramni maxsus narxda sotmoqchisiz. Bunday holda, siz 2 o‘ram qog‘ozni alohida qadoqlashingiz kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, ularni tasma bilan yoki skotch bilan o‘rab birlashtirish mumkin emas.

Umumiy qoidalar

Har bir tovar, alohida yoki to‘plam bo‘lishidan qatʼiy nazar, bitta qadoqqa joylashtirilishi kerak.

Katta o‘lchamli tovar alohida qutiga qadoqlanishi kerak.

Mo‘rt tovarlar pufakchali o‘ram yoki kraft qog‘ozga qadoqlangan bo‘lishi kerak va «Diqqat, mo‘rt!» belgisi bo‘lishi kerak. Agar ishlab chiqaruvchi bunday stikerni qo‘shmagan bo‘lsa va qo‘shimcha qadoqlamagan bo‘lsa, buni o‘zingiz qilishingiz kerak.

O‘tkir qismlari bo‘lgan tovarlar xavfsiz va mahkam o‘ralgan bo‘lishi kerak. Chiqib turadigan o‘tkir qismlar alohida o‘ralgan bo‘lishi kerak. Bunday holda, o‘tkir chiqib turadigan qismlar, shuningdek, shoxchalar qattiq qadoqdan tashqariga chiqib turmasligi kerak.

Barcha tovarlar shunday qadoqlangan bo‘lishi kerakki, ular tekis joyda saqlanganda harakatsiz holatini saqlab turishlari kerak.

Qadoq tovarning brendi, modeli, markasi yoki nomini berkitib qo‘ymasligi kerak. Agar ishlab chiqaruvchi qadog‘ida yoki mahsulotning o‘zida xaridor uchun muhim bo‘lgan maʼlumotlar mavjud bo‘lsa, bunday maʼlumotlar qadoqlangandan keyin ham ko‘rinib turishi kerak.

Majburiy markirovkalash shart bo‘lgan tovarlar shunday qadoqlanishi kerakki, GSl Data Matrix shtrix-kodi qadoq ostida ko‘rinadigan, shikastlanmagan va skaner yordamida oson o‘qiladigan bo‘lishi kerak.

Yaroqlilik muddatiga ega tovarlar shunday qadoqlanishi kerakki, ishlab chiqarish sanasi, yaroqlilik muddati va yaroqlilik muddati tugaydigan sana qadoq ostida ko‘rinib turishi kerak. Agar mahsulotni ushbu talablarga muvofiq qadoqlash imkoni bo‘lmasa, qadoq ustida yaroqlilik muddatini ko‘rsatish choralarini ko‘ring. Masalan, amal qilish muddati ko‘rsatilgan stiker

yopishtiring. Ishlab chiqarish sanasi bilan birga yaroqlilik muddati tugaydigan sana yoki yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi muhimdir.

Flymart shtrix-kodi qadoqning tekis joyiga biriktirilgan yoki yopishtirilgan bo‘lishi, tovar va uning xususiyatlariga mos kelishi, shikastlanmagan bo‘lishi yoki qadoqlash elementlari bilan yopilib qolmagan bo‘lishi kerak.

Barcha tovar kategoriyalari uchun umumiy talablar

  • Stretch plyonkaga o‘rash qadoqlash hisoblanmaydi!
  • Individual qadoq undagi tovar o‘lchamlarini sezilarli darajada oshirib yubormasligi kerak.
  • Individual qadoq har tomondan mahkam yopilgan bo‘lishi, ozgina bosim yoki ezilish taʼsirida o‘z-o‘zidan ochilib ketmasligi kerak.
  • Agar ishlab chiqaruvchi qadog‘i tashqi ko‘rinishi bilan talablarga javob bermaydigan bo‘lsa, u holda uni qo‘shimcha ravishda termoplenka yoki paketga qadoqlash kerak.
  • Tovarda begona hid bo‘lmasligi kerak, o‘ram mahsulotni namlik va kirlanishdan to‘liq himoya qilishi kerak.
  • Individual qadoqlash tovarga shtrix-kodini yopishtirish yoki biriktirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
  • Qadoq ichidagi tovar o‘zining ko‘rinishini saqlab qolgan holda, chiroyli tarzda taxlangan va burishmagan bo‘lishi kerak.

Qanday tovarlar plastik paketga qadoqlanishi shart?

  • 40 × 25 mm yorliq uchun yetarli bo‘sh joyga ega bo‘lmagan kichik o‘lchamli mahsulotlar. Bo‘sh joy deganda stiker yopishtirilganda mahsulotning nomi, tavsifi, tarkibi, ishlab chiqaruvchining shtrix-kodi, yaroqlilik muddati va boshqa muhim maʼlumotlarni berkitib qo‘ymaydigan soha tushuniladi.
  • Hajmi 50 x 50 mm dan kichik bo‘lgan juda yumaloq yoki notekis yuzaga ega bo‘lgan buyumlar – bunda yorliqlar yopishmaydi va skanerlash imkoni bo‘lmaydi.
  • YOrliq yopishmaydigan, sirti silliq bo‘lmagan har qanday o‘lchamdagi tovarlar. Misol uchun, mato qoplamali quti.
  • Osonlik bilan ifloslanadigan tovarlar. Masalan, matolar, kitoblar.
  • Bir-biridan osongina ajratilishi mumkin bo‘lgan, mustahkam birikmagan alohida elementlarga ega tovarlar. Misol uchun, alohida qopqoqli choynak yoki ingichka zanjir bilan bog‘langan juft o‘yinchoqlar.
  • To‘plamlar va komplektlar.

Ayrim kategoriyadagi tovarlar uchun talablar

Mahsulotlaringiz maxsus qadoqlashni talab qilmasligiga ishonch hosil qiling. Agar tovarlar barcha qadoqlash qoidalariga mos holatda qadoqlangan bo‘lsa, unda qo‘shimcha qadoqlash

shart emas. Ammo qo‘shimcha ravishda qadoqlanishi kerak bo‘lgan tovarlarning ayrim toifalari mavjud.

Qadoqlash uchun siz quyidagilardan foydalanishingiz mumkin:

• ZIP-Lock (o‘zi yopiluvchi) plastik paketlar;

• BOPP (Biaksial yo‘naltirilgan shaffof polipropilen paketlar);

• Tovarning o‘lchami va vazniga mos keladigan karton qutilar;

• Polietilendan tayyorlangan issiqlikda torayadigan termo-plyonkalar;

• Havo pufakchali plyonkalar;

• Har xil shakl va o‘lchamdagi polietilen idishlar;

• Qadoqlash talablariga mos keladigan boshqa turdagi qadoqlash materiallari.

Qadoqlash uchun yordamchi materiallar:

• Qadoqni kuchaytirish va mahkamlash uchun shaffof skotch yoki yopishqoq tasmalar; • Arqon, tasma, rezina, bog‘ichlar;

• Qadoqlash uchun mo‘ljallangan izolyatsiyali simlar;

• Plastik bog‘ichlar;

• Kantselyariya yoki qurilish skobalari;

• Qadoqlash uchun kerak bo‘ladigan boshqa materiallar.

Agar tovar qadog‘i talablarga mos kelmasa yoki qadoqsiz bo‘lsa, tovarni quyidagi talablarga ko‘ra qo‘shimcha qadoqlash kerak.

Tovar turiQadoqlash uslubi
Mayda tovarlarZIP-Lock yoki BOPP paketlar
Mo‘rt, nozik tovarlarHavo pufakchali plyonkaga yoki maxsus qadoqlash qog‘oziga o‘rang, chetlarini skotch bilan berkiting.
Tovarni qutiga harakatlanmaydigan qilib

mahkamlang. Tashqi taʼsirlardan himoya qilish va qutidagi bo‘sh joylarni to‘ldirish uchun to‘ldiruvchi, zarbaga qarshi materiallardan (penoplast, porolon, qog‘oz va boshqalar) foydalaning. | | Suyuq tarkibli tovarlar, maishiy kimyo vositalari, kosmetikalar, aerozollar | Suyuq tarkibli barcha tovarlar zich yopilgan ZIP-Lock paketlarga yoki boshqa polietilen paketlarga

qadoqlanishi kerak. | | Kiyim-kechak, to‘qimachilik

mahsulotlari, matodan

tayyorlangan buyumlar, shu jumladan tovarlarning shu kabi qismlari ham inobatga olinadi | ZIP-Lock yoki BOPP paketlar, korobkalar, polietilen paketlar | | Kitoblar, daftarlar, bosma

materiallar, qog‘oz mahsulotlari | ZIP-Lock yoki BOPP paketlar, korobkalar, polietilen paketlar |

Tovar turiQadoqlash uslubi
Hajmli formaga ega qog‘oz mahsulotlar karton

korobkaga yoki maxsus polietilen konteynerlarga qadoqlanishi kerak. Qutini yoki konteynerni mahkam va zich yopish kerak. | | Charm, eko-charm, poliuretan, silikon, plastikdan tayyorlangan tovarlar | ZIP-Lock yoki BOPP paketlar, korobkalar, polietilen paketlar. Xajmli formaga ega tovarlar ichi polietilen, qog‘oz, porolon yoki boshqa engil materiallar bilan to‘ldirilishi kerak. | | Shisha qadoqdagi yoki shisha idishdagi tovarlar | Havo pufakchali plyonkaga o‘rab qadoqlash va skotch yordamida mahkamlash kerak. | | Tashqi iqlim taʼsiridan himoya qilishni talab qiladigan tovarlar | Mos keladigan qadoqlash materialidan foydalaning. Misol uchun, qorong‘i joyda saqlashni talab qiladigan tovarlarni qadoqlash uchun qora paketdan

foydalanish kerak. | | Potentsial xavfli tovarlar, kuchli hidli tovarlar | Tovarlar xavfsizlikni taʼminlash va hidlarning tarqalishini oldini olishga moslashtirilgan ishlab chiqaruvchi qadog‘ida bo‘lishi kerak. Ishlab chiqaruvchi qadog‘idan tashqari, ushbu

toifadagi tovarlar qo‘shimcha ravishda zich yopiluvchi ZIP-Lock paketlarga, vakuum paketlarga yoki plastik paketlarga qadoqlanishi kerak. |

Mo‘rt tovarlar toifasiga quyidagilar kiradi:

  • idish-tovoqlar, keramik pichoqlar, shisha va sopol shakllar, oynalar, qandillar;
  • shisha yoki keramikadan yasalgan haykalchalar, vazalar, krujkalar, bokallar;
  • shisha qopqoqlar;
  • shisha idishdagi barcha suyuq mahsulotlar;
  • alohida qadoqqa ega bo‘lmagan fotoramkalar, soatlar, oynali suratlar, ko‘zoynaklar;
  • elektronika (masalan, telefonlar, smartfonlar, planshetlar, kommunikatorlar,

magnitafonlar, navigatorlar, qattiq disklar, elektron kitoblar, raqamli foto ramkalar)

Yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan tovarlar

Tovar qadoqlangandan keyin uning yaroqlilik muddatini tekshirish imkoniyati borligiga

ahamiyat bering. Esingizda bo‘lsin, belgilangan amal qilish muddatini yashirish, o‘zgartirish

yoki buzish taqiqlanadi. Muddati o‘tgan tovarlarni yetkazib berish yoki sotish tovar kartochkasini

bloklanishiga va hatto shartnomaning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

5.3. Tovarlarni shtrix kod bilan belgilash

Flymart tovarlarni o‘z omborida tovarlarni saqlash alohida shtrix kodlardan foydalanadi. Tovar kartochkasini yaratishda har bir tovarga alohida shtrix-kodlar beriladi. Tovar shtrix kodini tovar kartochkasidan bilib olish mumkin. Buning uchun tovar kartochkasini oching va «Shtrix-kod» tugmasini bosing.

Flymart omboriga tovarlarni yetkazib berishdan oldin, siz barcha tovarlarga tegishli shtrix-kod biriktirishingiz kerak.

Shtrix-kodlarni chop etish uchun maxsus printerlardan va o‘zi yopishuvchi yorliqlardan foydalanishni qatʼiy tavsiya qilamiz.

Agar siz shtrix-kodlarni oddiy printerda qog‘ozga chiqarib olsangiz, avval ularni shtrix-kod va matnning yaxlitligiga zarar bermasdan, o‘lchamiga qarab qo‘lda yoki kesgich yordamida kesib olishingiz kerak.

Siz tayyor hisob-fakturadan shtrix kodlarni chop etib olishingiz mumkin. Buning uchun «Hisob-fakturalar» bo‘limiga o‘ting, kerakli hisob-fakturani oching va «Shtrix-kodlar» tugmasini bosing. Keyin shtrix-kod o‘lchamini va printer turini (printer, termal printer) tanlang, ularning sonini tekshiring va «Shtrix-kodlarni chop etish» tugmasini bosing. Shtrix-kodlarni PDF formatida ham saqlab olish mumkin.

Agar siz hisob-faktura yaratishdan avval shtrix kodlarni chiqarib olmoqchi bo‘lsangiz, “YOrliqlar” bo‘limida shtrix kodlarni chop etib olishingiz mumkin. Tanlangan tovarlar uchun kerakli miqdordagi shtrix-kodlarni chop etishingiz yoki PDF formatida yuklab olishingiz mumkin.

Tovardagi shtrix kod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Tovar kartochkasiga mos ravishda qadoqdagi bitta tovar uchun bitta shtrix-kod bo‘lishi kerak;
  • faqat bitta, ko‘rinadigan joyda, tekis yuzada joylashgan bo‘lishi kerak;
  • shtrix-kod shikastlanmagan, ifloslanmagan yoki nuqsonlari bilan chop etilmagan bo‘lishi kerak;
  • shtrix-kod tovarning yaroqlilik muddati va tovar tavsifini o‘zi bilan to‘sib qo‘ymasligi kerak;
  • agar tovarda boshqa shtrix-kod bo‘lsa, Flymart shtrix-kodini boshqalarning ustiga qo‘yilishi kerak;
  • shtrix-kod tovarni majburiy markirovkalashga oid QR kodini va maʼlumotlarni (agar mavjud bo‘lsa) to‘sib qo‘ymasligi kerak;
  • shtrix-kod o‘ram ochiladigan burchaklarda, qadoq ochiladigan joylarida joylashmagan bo‘lishi, shtrix-kod bilan tovarni o‘ramaslik, uni skotch bilan o‘rab qo‘ymaslik kerak;
  • Biriktirilgan shtrix-kod skaner va operator tomonidan oson o‘qilishi kerak (shtrix-kodlarning to‘g‘riligini maxsus skaner ilovalar yordamida tekshirish mumkin);
  • Shtrix-kodni tovarning old (ko‘zga tashlanadigan) tomoniga yopishtirish taqiqlanadi.
  • Shtrix-kod tovar ko‘rinishini buzmasligi kerak.
  • Shtrix-kod, agar tovar yoki qadoqqa yopishtirilmagan bo‘lsa, shaffof skotch yordamida qadoqqa biriktirilishi kerak. Shtrix-kodni tovar yoki qadoqqa biriktirish uchun elim yoki boshqa kimyoviy moddalardan foydalanish mumkin emas;
  • Shtrix-kod, agar shaffof qadoq ostidan to‘liq ko‘rinib turadigan bo‘lsa, qadoq ostida harakatsiz joylashtirilgan bo‘lsa, tovar va qadoqqa zarar yetkazmasa, shtrix-kod qadoq ostida qoldirilishi mumkin. Ushbu holatda, tovarni ochishda shtrix-kod qadoqdan yoki tovardan ajralib ketmasligi kerak.

Noto‘g‘ri biriktirilgan shtrix-kod tashish yoki saqlash paytida osongina shikastlanishi, hatto yo‘qolib qolishi ham mumkin.

Qadoqning ochilish joylariga yopishtirilgan shtrix-kod xaridor mahsulotni ochganda aniq shikastlanadi. Agar shtrix-kodi buzilgan tovar qaytarilsa, shtrix-kodni qayta tiklamay turib, uni sotuvga qaytarish mumkin bo‘lmaydi.

Shtrix kodlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar

Shtrixli kodlar bilan oson ishlash uchun maslahatlarimizga amal qiling:

  • Shtrix-kodlarni chop etish uchun maxsus printerlardan foydalaning.
  • Turli o‘lchamdagi maxsus o‘zi yopishuvchi yorliqlardan foydalaning.
  • Agar oddiy printeringiz bo‘lsa va oddiy qog‘ozdan foydalansangiz, qog‘oz kesgichdan foydalaning.
  • Turli tovarlar uchun shtrix-kodlarni birdaniga chiqarib olmang, chunki ularni bir biridan ko‘z bilan farqlash juda qiyin. Shtrix-kod tovar kartochkasidagi kodga, tovar xususiyatlariga mos kelishi o‘ta muhim. Birgina xato bilan «XL» o‘lchamidagi «Oq» futbolkaning shtrix kodini «S» o‘lchamdagi «Qora» futbolkaga yopishtirib qo‘yishingiz mumkin.
  • Qadoqqa uchun mos o‘lchamdagi shtrix-kodlarni chop eting. Qog‘ozning cheti va shtrix-kod o‘rtasida har doim yetarlicha bo‘sh joy qoldiring.
  • Shtrix-kodni tovar yoki o‘ramning tekis, qattiq joyiga yopishtiring.
  • YOrliqni skotch bilan biriktirganda, iloji boricha keng va shaffof skotchdan foydalaning, bir nechta qatlam bo‘lib ketishiga yoki bir-birining ustiga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymang.
  • Omborda tovarlarni qanday qilib optimal joylashtirish mumkinligini inobatga oling. Odatda, qadoq har doim ombor operatoriga tor tomoni bilan qaratilgan holda joylashtiriladi (javondagi kitoblar kabi). YOrliqni tovarning shu tor tomoniga joylashtiring. Agar tovarning eng tor qismiga shtrix-kod yopishtirish imkoni bo‘lmasa, navbatdagi tomonni tanlang.
  • Bir xil turdagi barcha tovarlar uchun shtrix-kodlarni doim bir joyga, bir sohaga yopishtiring. YOrliqlarning to‘g‘ri kelgan joyga xar xil qilib yopishtirilishiga yo‘l qo‘ymang.
  • O‘zi yopishuvchi yorliqlarni tovarga «tasodifan» yoki «adashib» yopishib qolishini oldini olish uchun chop etilgan yorliqlarni qadoqlangan mahsulotlardan ajratilgan holda saqlang.

Shtrix-kodlar uchun yorliqlar o‘lchamlari.

Shtrix kodlarni chop etish uchun maʼlum bir tovar talablariga qarab ishlatilishi mumkin bo‘lgan turli o‘lchamdagi yorliqlar mavjud. Biroq, shtrix kodini chop etish uchun eng ko‘p tarqalgan va standart yorliq o‘lchamlari quyidagicha:

  • 50mm x 25mm
  • 70 mm x 50 mm
  • 100mm x 50mm
  • 100mm x 150mm

Odatda, yorliq o‘lchami shtrix-kodning o‘lchamiga va yorliqda joylashtirilishi kerak bo‘lgan

maʼlumotlarning miqdoriga qarab tanlanadi. Misol uchun, agar shtrix-kod katta bo‘lsa, uni chop

etish uchun sizga kattaroq yorliq kerak bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu yorliqlar

yopishtiriladigan qadoqlarning o‘lchamlarini ham hisobga olish zarur.

6. Flymart ombori orqali sotish (FBF sxemasi)

FBF (Fulfillment By Flymart) — bu sizning tovarlaringiz Flymart omborlariga joylashtiriladigan

savdo sxemasi. Bu shuni anglatadiki, siz faqat tovarlarni bizning omborimizga yetkazib

berishingiz va qoldiqni muntazam ravishda to‘ldirib turishingiz kerak. Flymart esa sotish va

yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

FBF sxemasi bo‘yicha ishlash quyidagi sotuvchilar uchun to‘g‘ri keladi:

  • Flymart omborida saqlash va sotish uchun yetarli miqdorda tovarlari bor;
  • o‘zining omborida bo‘sh joy yetarli emas;
  • o‘zining yetkazib berish xizmati mavjud emas;
  • o‘zining chakana savdo imkoniyati mavjud emas;
  • ushbu sxema bo‘yicha ishlash uchun boshqa sabablar mavjud.

Agar siz uchun o‘z omboringiz orqali sotishni qiziqarli bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida siz FBS

sxemasi bo‘yicha ishlashingiz ham mumkin. Bu haqda ko‘proq maʼlumotni «O‘z ombori orqali

sotish (FBS)» bo‘limida bilib olishingiz mumkin.

6.1. FBF sxemasi bo‘yicha qanday ishlanadi?

  1. Tovarlaringiz uchun kartochkalar yaratasiz va ularni virtual do‘koningizga joylashtirasiz.

  2. Flymart omboriga tovarlarni yetkazib berish uchun o‘z kabinetingizda hisob-faktura

tayyorlaysiz. Tizim tovarlaringiz uchun hisob-faktura hujjatlarini va shtrix kodlarni yaratib

beradi.

  1. Hisob-faktura bo‘yicha barcha tovarlarni sifatini va miqdorini, shu jumladan

komplektatsiyasini, qadoqlarini va tovarlarga biriktirilgan hujjatlarni tekshirib chiqing.

  1. Tovarlarning har bir donasini qadoqlash bo‘yicha barcha qoidalar va talablariga rioya qilgan

holda qadoqlang.

  1. Har bir tovarga shtrix-kod chop eting va biriktiring.

  2. Qadoqlangan va markirovka qilingan tovarlarni hisob-faktura bilan birga Flymart omboriga

jo‘nating.

  1. Agar hamma narsa to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, Flymart ombori barcha tovarlaringizni qabul qilib oladi. Agar biror narsa noto‘g‘ri qilingan bo‘lsa, tovarlar qaytarib yuboriladi.

  2. Flymart moderatorlari tovar kartochkasini tekshiradi, agar kerak bo‘lsa, uni to‘g‘rilashadi va tovar kartochkasini sotuvni boshlash uchun faollashtiradi.

  3. Flymart tovarlaringizni o‘zing onlayn-do‘koniga joylashtiradi, tovarni chek bilan birga kuryer orqali xaridorga yetkazib beradi, onlayn to‘lov yoki naqd pulni qabul qilib oladi va boshqa barcha zarur savdo va moliyaviy jarayonlarni amalga oshiradi.

  4. Agar xaridor hech qanday daʼvo qilmasa va tovarni qaytarib yubormasa, u holda tovar sotilgan hisoblanadi. Qaytarilgan taqdirda, tovarni qaytarish va almashtirish jarayoni boshlanadi. Biz har doim isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarga rioya qilamiz.

  5. Birinchi tovaringiz sotilgach, siz o‘z kabinetingizda barcha ushlab qolishlar va chegirmalardan so‘ng qolgan tovar narxi summasini hisobdan yechib olish mumkinligi haqida xabar olasiz.

  6. Asta-sekin, savdo hajmi oshgani sayin, siz savdo strategiyangizni rejalashtirishingiz uchun analitik hisobotlar ham sizga taqdim etiladi.

  7. O‘z kabinetingizda Flymart omboridagi tovarlaringiz qoldig‘ini kuzatib boring. Agar kerak bo‘lsa, savdoni davom ettirish uchun keyingi partiya tovarni jo‘natish choralarini ko‘ring.

  8. Assortimentingizni yangi turdagi tovarlar bilan to‘ldiring, raqobatchilarni kuzatib boring, savdo statistikasini kuzatib boring, narxlar va chegirmalarni boshqarib boring.

  9. Majburiy markirovkalash zarur bo‘lgan tovarlarni doimiy ravishda kuzatib borishni, tovarlarni o‘z vaqtida muomalaga kiritish va sotilgandan keyin muomaladan chiqarishni unutmang.

FBF sxemasi bo‘yicha ishlash juda oson va sodda.

Har bir bosqich bo‘yicha batafsil maʼlumotni qo‘llanmamizdan topishingiz mumkin.

6.2. Yetkazib berish uchun hisob-faktura yaratish

Flymart omboriga tovarlarni yetkazib berishdan oldin, siz avval hisob-faktura yaratishingiz kerak. Hisob-faktura bir vaqtning o‘zida tovarlarni qabul qilish va topshirish akti ham hisoblanadi.

Hisob-faktura yaratish uchun o‘z kabinetingizda «Hisob-fakturalar» bo‘limiga o‘ting va «Yaratish» tugmasini bosing.

Hisob-fakturani yaratish oynasi ochiladi. «Tovar qo‘shish» tugmasini bosing.

Sizning tovarlaringiz ro‘yxati ochiladi. yetkazib berish uchun tovarlarni tanlang va «Qo‘shish» tugmasini bosing. Tanlangan tovarlar hisob-fakturaga qo‘shiladi.

Siz yana tovarlar qo‘shishingiz yoki avval hisob-fakturaga qo‘shilgan tovarlarni o‘chirib tashlashingiz mumkin.

Hisob-fakturani shakllantirish jarayonida siz istalgan vaqtda tovarlar uchun hujjatlarni va shtrix-kodlarni chop etib olishingiz mumkin. Bu sizga hisob-fakturani shakllantirish bilan bir vaqtning o‘zida tovarlarni jo‘natish uchun tayyorlashni osonlashtirishga imkon beradi.

Hisob-fakturani to‘ldirgandan so‘ng, «Hisob-fakturani yuborish» tugmasini bosing. Tizim hisob-fakturani Flymart ombor ofisiga yuboradi va hujjat “Yetkazib berish kutilmoqda” holatiga o‘tadi. Endi sizga hisob-faktura bilan birga tovarlarni Flymart omboriga yetkazib berish qoladi xolos.

Omborda tovarlarni qabul qilish va yetkazib berishda hisob-fakturaning qog‘oz shakli ancha qulay bo‘lsada, tabiatni asrash maqsadida hisob-fakturaning elektron variantini o‘zingiz bilan olib kelishingizni tavsiya qilamiz. Buni amalga oshirish uchun «Faylga saqlash» tugmasini bosing va o‘zingiz uchun qulay fayl formatini tanlang. Hisob-fakturani PDF yoki MS EXCEL formatlariga eksport qilish mumkin.

Agar hisob-faktura yaratishni tugatgandan so‘ng, siz xato topsangiz yoki yetkazib berish uchun tovarlarni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, tahrirlashni davom ettirishingiz mumkin. Biroq, hujjatni o‘zgartirganingizda, hujjat «Qoralama» holatiga qaytadi va siz hisob-fakturani tugagandan so‘ng qayta topshirishingiz kerak bo‘ladi.

Hisob-faktura «Qoralama» yoki “Yetkazib berish kutilmoqda” holatlarida bo‘lsa, uni o‘chirib tashlash imkoningiz bo‘ladi.

6.3. Tovarni omborga yuborish

Qadoqlangan va yorliq biriktirilgan tovarlarni jo‘natishdan oldin qadoqlarni, shtrix-kodlar va tovarlar miqdorini hisob faktura bilan yana bir marta tekshirib oling. Yuklarni tashish uchun tayyorlang. Iltimos, tovarlar tashish paytida shikastlanmasligiga ishonch hosil qiling.

Tovarlar qabul qilish dalolatnomasi bilan birga quyidagi manzilda qabul qilinadi:

  • Toshkent shahri
  • Yunusobod mavzesi, 2-daha
  • 28-uy
  • Ombor telefon raqami: +998 99 999 99 99
  • Xaritadagi joylashuv:

Agar yetkazib beriladigan tovarlar tarkibida majburiy markirovka qilinishi kerak bo‘lgan tovarlar mavjud bo‘lsa, yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasiga ushbu tovarlar ro‘yxati va ularning markirovkalash kodlari ilova qilinishi kerak.

Tovarlarni sotuv uchun omborga topshirishda tezkor tekshirish o‘tkaziladi, bu quyidagi talablarning bajarilishini nazarda tutadi:

  • Omborga yetkazib berilgan tovarlar nomi, identifikatori, shtrix-kodi va miqdori bo‘yicha hisob-fakturaga mos kelishi kerak;
  • Majburiy markirovka qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar ro‘yxati va kodlar ilova qilingan bo‘lishi kerak;
  • Topshirish va qabul qilish dalolatnomasi ikki nusxada chop etilgan va imzolangan bo‘lishi kerak;
  • Qabul qilish dalolatnomasida turli xil tovarlar soni 35tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
  • Tovar va taralar toza, tovarlar changdan tozalangan bo‘lishi kerak;
  • Yuklarni transportdan tushirish ombor hududidan tashqarida amalga oshiriladi;
  • Tovarlarni tushirish yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bizning ishchilarimiz yuklarni tushirish va yuklash ishlarida qatnashmaydilar.
  • Agar nomuvofiqliklar aniqlansa, kelgan barcha tovarlar qaytarib yuboriladi.

Majburiy markirovkalash lozim bo‘lgan tovarlarning har biri alohida tekshiriladi va yorliq skanerdan o‘tkaziladi. Skanerlanganda yorliqdagi yuridik shaxs maʼlumotlari sizning yuridik maʼlumotlaringizga mos kelishi kerak. Agar maʼlumotlar mos kelmasa, tovarlar sotuvga qabul qilinmaydi.

Tovarlarni omborga shaxsan yoki xodimlaringiz orqali yetkazib berishingiz mumkin. Tovarlarni qabul qilish jarayonida sizning shaxsiy ishtirokingiz yoki xodimlaringizning ishtiroki ko‘plab masala va muammolarni joyida hal qilish imkonini beradi. Shu sababli, bizning omborimizga tovarlarni yetkazib berish uchun o‘zingizning doimiy ekspeditoringizni tayinlashingizni qatʼiy tavsiya qilamiz.

Shuningdek, siz tovarlarni boshqa transport kompaniyalari orqali yetkazib berishingiz ham mumkin. Bunday vaziyatda, quyidagilarni inobatga olish zarur:

  • tovarni qabul qilib olish maʼlum vaqt talab qiladi va yetkazib beruvchi qabul qilish jarayonida ishtirok etishi kerak;
  • tezkor tekshirish natijalariga ko‘ra tovar to‘liq qaytarib yuborilishi mumkin;
  • tovarni qisman qabul qilish imkoniyati mavjud emas;
  • ombor hududida kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati mavjud emas;
  • agar kerak bo‘lsa, kichik muammolarni joyida hal qilish kerak bo‘ladi;
  • ombor xodimlari bilan munosabatlarda ularni tushunish, ular bilan tortishuvlarga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

Tovarlarni omborga qabul qilishda ombor mudiri ikki nusxadagi qabul qilish va topshirish dalolatnomasini imzolaydi va bir nusxasini yetkazib beruvchiga qaytaradi, ikkinchisini esa omborga yuboradi. Tovarlar topshirilgandan keyin ularni omborning o‘zi boshqaradi va bunda sizning ishtirokingiz shart emas.

Agar tovarlarda kamchiliklar, shikastlanishlar yoki tovarlarni qadoqlash va markalash qoidalari buzilganligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa, yetkazib berilgan tovarlar hech biri qabul qilinmaydi.

Bunday holatlarda siz:

  • barcha yetkazib berilgan tovarlarni qabul qilish joyidan olib ketishingiz kerak;
  • bahslashishdan, tushuntirish talab qilishdan yoki biror narsani isbotlashga urinishdan qochishingiz kerak;
  • tovarlarni tekshirish va iloji bo‘lsa, kamchiliklarni joyida bartaraf etishingiz kerak;
  • tovarlarni omboringizga qaytarishingiz va kamchiliklarni bartaraf etishingiz kerak;
  • o‘z omboringizda qoidalarga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirishingiz kerak.

Agar kamchiliklarni bartaraf qila olmasangiz, hisob-fakturani bekor qilishingiz va yangi hisob-faktura yaratishingiz mumkin.

Tezkor tekshiruv o‘tkazishda tovarlarning yaroqlilik muddati tekshirilmay qolishi mumkin. Biroq, agar tovarning yaroqlilik muddati o‘tgan yoki mos kelmagan yaroqlilik muddati bilan yetkazib berilganligi aniqlansa, tovar kartochkasi darhol bloklanadi va bu tovarning ombordagi qoldig‘i qaytarib yuboriladi. Mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish uchun yetkazib berishdan oldin tovarlarning yaroqlilik muddatini yaxshilab tekshirish tavsiya etiladi.

7. O‘z ombori orqali sotish (FBS sxemasi)

FBS (Fulfillment By Seller) — sizning tovarlaringiz o‘z omborlaringizda saqlanadigan va buyurtma kelgandagina tovarlarni yetkazib beradigan savdo sxemasi. Bu siz o‘z omboringizda maʼlum miqdordagi tovarlarni saqlashingiz va virtual do‘konlaringizdagi mahsulotlar sonini nazorat qilib turishingiz kerak degani.

FBS sxemasi bo‘yicha ishlash quyidagi sotuvchilar uchun to‘g‘ri keladi:

  • o‘z ombori orqali sotish talablariga javob beradigan, lekin Flymart omboridan sotish talablariga javob bermaydigan tovarlar mavjud bo‘lganda;
  • o‘z omborida yetarlicha saqlash joyi mavjud;
  • buyurtmani olgandan so‘ng tovarlarni qabul qilish punktiga (yoki Flymart omboriga) o‘z vaqtida yetkazib berish uchun yetarli resurslarga ega;
  • moslashuvchan sotish usullari tufayli Flymart omboriga yetkazib berish uchun cheklangan miqdordagi tovarlar sotadi;
  • FBS sxemasi bo‘yicha ishlash uchun boshqa sabablar mavjud.

7.1. FBS sxemasi bo‘yicha qanday ishlanadi?

  1. Tovarlaringiz uchun tovar kartochkalari yarating va ularni virtual do‘koningizga joylashtiring.

  2. Omboringizdagi barcha mahsulotlarni tekshiring va Flymart orqali sotish uchun maʼlum miqdordagi mahsulotlarni zaxiraga oling. Virtual do‘koningizdagi omborda sotuv uchun tovarlar sonini ko‘rsating.

  3. Omboringizdagi tovarlar sonini va Flymart orqali sotiladigan tovarlar sonini doimiy nazorat qilib turing. Buyurtma qabul qilinganda siz tovarlarni kerakli miqdorda va sifatda yetkazib berishingizga ishonch hosil qilishingiz kerak.

  4. Xaridordan buyurtma qabul qilinganda, Flymart tizimi sizning shaxsiy kabinetingizga buyurtmani yig‘ish joyiga yetkazib berish uchun buyurtma yuboradi. Buyurtmani olganingizni darhol tasdiqlashingiz kerak.

  5. Buyurtma qilingan barcha tovarlarni sifati va miqdori, jumladan konfiguratsiyasi, qadoqlanishi va tovarlarga biriktirilgan hujjatlarni tekshiring.

  6. Tovarlarning har bir donasini barcha qadoqlash qoidalari va talablariga rioya qilgan holda qadoqlang.

  7. Har bir tovarga shtrix-kodni chop eting va yopishtiring.

  8. Qadoqlangan va yorliqlangan tovarlarni hisob-faktura bilan birgalikda qabul qilish punktiga yuboring. Xodimimiz sizning tovarlaringizni qabul qilib oladi va tovarlarni qabul qilish punktiga yetkazilganligini belgilab qo‘yadi.

  9. Biz tovarni xaridorga yetkazib beramiz va tovar sotilganini tasdiqlaymiz.

  10. Agar xaridor hech qanday daʼvo qilmasa va tovarni qaytarib yubormasa, u holda tovar sotilgan hisoblanadi. Qaytarilgan taqdirda, tovarni qaytarish va almashtirish jarayoni boshlanadi. Biz har doim isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarga rioya qilamiz.

  11. Birinchi tovaringiz sotilgach, siz o‘z kabinetingizda barcha ushlab qolishlar va chegirmalardan so‘ng qolgan tovar narxi summasini hisobdan yechib olish mumkinligi haqida xabar olasiz.

  12. Asta-sekin, savdo hajmi oshgani sayin, siz savdo strategiyangizni rejalashtirishingiz uchun analitik hisobotlar ham sizga taqdim etiladi.

  13. O‘z kabinetingizda do‘koningizdagi tovarlaringiz qoldig‘ini kuzatib boring. Agar kerak bo‘lsa, savdoni davom ettirish uchun keyingi partiya tovarlarni zaxiraga olish choralarini ko‘ring.

  14. Assortimentingizni yangi turdagi tovarlar bilan to‘ldiring, raqobatchilarni kuzatib boring, savdo statistikasini kuzatib boring, narxlar va chegirmalarni boshqarib boring.

  15. Majburiy markirovkalash zarur bo‘lgan tovarlarni doimiy ravishda kuzatib borishni, tovarlarni o‘z vaqtida muomalaga kiritish va sotilgandan keyin muomaladan chiqarishni unutmang.

FBS sxemasi bo‘yicha ishlash juda oson va sodda.

Har bir bosqich bo‘yicha batafsil maʼlumotni qo‘llanmamizdan topishingiz mumkin.

7.2. Tovarlarni tayyorlash

Tovarlarni yig‘ish punktiga jo‘natishdan oldin siz tovarlarni tekshirishingiz, qadoqlashingiz, yorliq yopishtirishingiz va tashish uchun tayyorlashingiz kerak.

Tovarlarning sifati, qadoqlanishi va belgilanishiga qo‘yiladigan talablar bizning hujjatlarimizning tegishli bo‘limlarida batafsil yoritilgan.

Har doim esda tuting:

  • Siz bizning barcha talab va qoidalarimizni o‘qib chiqishingiz va tushunishingiz kerak;
  • Barcha qoidalarga istisnosiz rioya qilishingiz kerak;
  • Flymart tovaringizni sotuvning istalgan bosqichida qaytarishi mumkin;
  • Sifatsiz, nuqsonli yoki shikastlangan tovarlarni qaytarish murakkab jarayondir.

Shuning uchun sizdan barcha talab va qoidalarimizni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni va ularga rioya qilishingizni so‘raymiz.

Agar biron bir qiyinchilikka duch kelsangiz, bizning menejerlarimizga murojaat qiling va muammoni qisqa va aniq tushuntiring. Flymart menejerlari sizga yechim topishga yordam beradilar.

7.3. Tovarni buyurtmalarni yig‘ish joyiga yuborish

Qadoqlangan va yorliq yopishtirilgan tovarlarni jo‘natishdan oldin qadoqni, shtrix-kodlarni va tovar miqdorini yana bir marta tekshiring. Iltimos, tovar tashish vaqtida shikastlanmasligiga ishonch hosil qiling.

Buyurtma sahifasidan tizim tomonidan yaratilgan qabul qilish va topshirish dalolatnomasini chop eting.

Tovarlar qabul qilish punktida qabul qilish va topshirish dalolatnomasi bilan birga qabul qilinadi. Buyurtmalarni to‘plash joyi manzili yetkazib berish buyurtmasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Agar yetkazib beriladigan tovarlar tarkibida majburiy markirovka qilinishi kerak bo‘lgan tovarlar mavjud bo‘lsa, yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasiga ushbu tovarlar ro‘yxati va ularning markirovkalash kodlari ilova qilinishi kerak.

Tovarlarni buyurtmani yig‘ish joyiga topshirishda tezkor tekshirish o‘tkaziladi, bu quyidagi talablarning bajarilishini nazarda tutadi:

  • yetkazib berilgan tovarlar nomi, identifikatori, shtrix-kodi va miqdori bo‘yicha buyurtmaga mos kelishi kerak;
  • Majburiy markirovka qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar ro‘yxati va kodlar ilova qilingan bo‘lishi kerak;
  • Topshirish va qabul qilish dalolatnomasi ikki nusxada chop etilgan va imzolangan bo‘lishi kerak;
  • Tovar va taralar toza, tovarlar changdan tozalangan bo‘lishi kerak;
  • Yuklarni transportdan tushirish ombor hududidan tashqarida amalga oshiriladi;
  • Tovarlarni tushirish yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bizning ishchilarimiz yuklarni tushirish va yuklash ishlarida qatnashmaydilar.
  • Agar nomuvofiqliklar aniqlansa, kelgan barcha tovarlar qaytarib yuboriladi va buyurtma bekor qilinadi.

Majburiy markirovkalash lozim bo‘lgan tovarlarning har biri alohida tekshiriladi va yorliq skanerdan o‘tkaziladi. Skanerlanganda yorliqdagi yuridik shaxs maʼlumotlari sizning yuridik maʼlumotlaringizga mos kelishi kerak. Agar maʼlumotlar mos kelmasa, tovarlar sotuvga qabul qilinmaydi.

Tovarlarni buyurtmani yig‘ish joyiga shaxsan yoki xodimlaringiz orqali yetkazib berishingiz mumkin. Tovarlarni qabul qilish jarayonida sizning shaxsiy ishtirokingiz yoki xodimlaringizning ishtiroki ko‘plab masala va muammolarni joyida hal qilish imkonini beradi. Shu sababli, bizning omborimizga tovarlarni yetkazib berish uchun o‘zingizning doimiy ekspeditoringizni tayinlashingizni qatʼiy tavsiya qilamiz.

Shuningdek, siz tovarlarni boshqa transport kompaniyalari orqali yetkazib berishingiz ham mumkin. Bunday vaziyatda, quyidagilarni inobatga olish zarur:

  • tovarni qabul qilib olish maʼlum vaqt talab qiladi va yetkazib beruvchi qabul qilish jarayonida ishtirok etishi kerak;
  • tezkor tekshirish natijalariga ko‘ra tovar to‘liq qaytarib yuborilishi mumkin;
  • tovarni qisman qabul qilish imkoniyati mavjud emas;
  • ombor hududida kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati mavjud emas;
  • agar kerak bo‘lsa, kichik muammolarni joyida hal qilish kerak bo‘ladi;
  • ombor xodimlari bilan munosabatlarda ularni tushunish, ular bilan tortishuvlarga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

Tovarlarni qabul qilishda bizning menejerimiz ikki nusxadagi qabul qilish va topshirish dalolatnomasini imzolaydi va bir nusxasini yetkazib beruvchiga qaytaradi, ikkinchisini esa omborga yuboradi.

Agar tovarlarda kamchiliklar, shikastlanishlar yoki tovarlarni qadoqlash va markalash qoidalari buzilganligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa, yetkazib berilgan tovarlar hech biri qabul qilinmaydi va buyurtma bekor qilinadi. Bunday holatlarda siz olib kelgan barcha tovarlaringizni qaytarib olib ketishingiz kerak.

Tezkor tekshiruv o‘tkazishda tovarlarning yaroqlilik muddati tekshirilmay qolishi mumkin. Biroq, agar tovarning yaroqlilik muddati o‘tgan yoki mos kelmagan yaroqlilik muddati bilan yetkazib berilganligi aniqlansa, tovar kartochkasi darhol bloklanadi va bu tovarning ombordagi qoldig‘i qaytarib yuboriladi. Mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish uchun yetkazib berishdan oldin tovarlarning yaroqlilik muddatini yaxshilab tekshirish tavsiya etiladi.

8. Tovarlarni qaytarish

8.1. Tovarlarni Flymart omboridan qaytarish

Flymart omboridan tovarlarni qaytarish bir necha sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi:

  • Sotuvchining iltimosiga ko‘ra tovarning qolgan qismini yoki bir nechtasini qaytarish;
  • Xaridor tovarni qaytarib yuborganda va uni sotuvga qaytarishning ilojisi bo‘lmaganda;
  • Agar sotishdan oldin yoki keyin nuqson yoki shikastlanish aniqlansa;
  • Tovarning amal qilish muddati tugaganda;
  • Agar tovarga uzoq vaqt davomida talab bo‘lmasa;
  • Flymart menejerlari tomonidan aniqlangan boshqa sabablarga ko‘ra.

Tovarlarni qaytarish “Qaytarish dalolatnomasi” asosida amalga oshiriladi va tovarlarni ombordan o‘z vaqtida olib chiqib ketish uchun javobgarlik sotuvchiga yuklanadi. Flymart ombori tovarlarni omboringizga olib borib bermaydi.

Agar zaruriyat bo‘lsa, Flymart sizdan o‘z omborida joylashgan tovarlarni olib ketishingizni talab qilishga haqli. Bunday holda, sizga talab yuborilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kun ichida siz o‘zingizning tovarlaringizni olib ketishingiz shart.

Qaytarib yuborish ko‘zda tutilgan tovarlarni bildirishnomada ko‘rsatilgan vaqt davomida olib ketmasangiz, Flymart tovarlarni qaytarish hududidan utilizatsiya (yo‘q qilish) hududiga olib o‘tib qo‘yadi.

8.2. Tovarni sotuvchi talabiga ko‘ra qaytarish

Agar biror bir sababga ko‘ra siz Flymart omboridan barcha qoldiq tovarni yoki uning bir qismini qaytarib olmoqchi bo‘lsangiz, shaxsiy kabinetingizdagi « Flymart omboridagi tovarlar» bo‘limida «Tovarni qaytarish talabnomasi» tayyorlashingiz kerak.

Siz talabnoma yuborilganingizdan so‘ng, qaytarish uchun ko‘rsatilgan miqdordagi tovarlar sotuvdan chiqariladi va tovarni qaytarish uchun tayyorlash boshlanadi. Ishchilar tovarlarni qaytarish uchun yig‘ib olishganidan so‘ng, siz tovarlar qaytarishga tayyorligi haqida xabarnoma olasiz. Talabnoma holati «Qaytishga tayyor» ko‘rinishiga o‘tadi.

Eʼtibor bering, talabnoma yuborganingizdan so‘ng darhol tovarlarni olib chiqib keta olmaysiz, chunki talabnomani ko‘rib chiqish, tovarlarni yig‘ish va hujjatlarni tayyorlash vaqt talab etadi.

Qaytarishga tayyor bo‘lgan tovarlarni bu haqda xabarnoma kelgan kundan boshlab 3 kalendar kuni ichida olib ketishingiz kerak.

Agar talabnoma «Qoralama» yoki «Kutilmoqda» holatida bo‘lsa, talabnomangizni bekor qilishingiz mumkin. Boshqa holatlarda siz talabnomangizni bekor qila olmaysiz.

Esingizda bo‘lsin: talabnomangiz darhol ko‘rib chiqish uchun qabul qilinishi mumkin va talabnoma “Ko‘rib chiqilmoqda” holatiga o‘tib qoladi va siz uni bekor qila olmaysiz.

8.3. Nuqsonli yoki shikastlangan tovarlarni qaytarish

Agar Flymart sotuv jarayonida (omborda saqlash, buyurtmani yig‘ish, inventarizatsiya qilish, tashish paytida) tovarlarning nuqsonlari yoki shikastlanishlarini aniqlasa yoki tovarlar xaridor tomonidan qaytarilgan bo‘lsa, bunday tovarlar nuqsonli tovarlarni saqlash joyiga joylashtiriladi va tovarni qaytarish uchun sizga xabarnoma yuboriladi.

Siz so‘rov yuborilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kun ichida tovaringizni olib ketishingiz shart.

Qaytarib yuborish ko‘zda tutilgan tovarlarni bildirishnomada ko‘rsatilgan vaqt davomida olib ketmasangiz, Flymart tovarlarni qaytarish hududidan utilizatsiya (yo‘q qilish) hududiga olib o‘tib qo‘yadi.

8.4. Muddati o‘tgan tovarlarni qaytarish

Yaroqlilik muddati mavjud bo‘lgan tovarlar Flymart tizimida nazorat qilinadi. Siz yaroqlilik muddati tugayotgan tovarlarni kuzatib borishingiz va o‘z vaqtida olib ketishingiz kerak. Buni amalga oshirish uchun shaxsiy kabinetingizdagi “Flymart omboridagi tovarlar” bo‘limida “Tovarni qaytarish talabnomasi” tayyorlashingiz kerak.

Agar Flymart (omborda saqlash, buyurtmani yig‘ish, inventarizatsiya qilish, tashish vaqtida) yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni aniqlasa yoki tovar xaridor tomonidan qaytarilgan bo‘lsa, u holda bunday tovarlar utilizatsiya (yo‘q qilish) hududiga joylashtiriladi va sizga tovarlarni olib ketish uchun xabarnoma yuboriladi.

Yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni so‘rov yuborilgan kundan boshlab 15 kalendar kun ichida olib ketishingiz kerak. Agar siz xabarnomada ko‘rsatilgan muddatda tovarni olib ketmasangiz, siz tovaringizni saqlash va yo‘q qilish bilan bog‘liq barcha Flymart xarajatlarini qoplab berishingiz kerak bo‘ladi.