Tovarlar
Tovar to‘g‘risida ma’lumot
Bizning onlayn do‘konimizda tovarlar to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlar tovar kartochkalarida batafsil ko‘rsatilgan:
- Tovar fotosuratlari;
- Tovar artikuli (FLYMART tizimidagi tovar identifikatori);
- Tovar nomi va narxi;
- Tovarning xususiyatli, rangi va boshqa xossalari bilan farq qiluvchi variantlari;
- Tovarning haqida batafsil ma’lumot;
- Amaldagi aksiya haqida belgi;
- Tovar reytingi va xaridorlar bildirgan fikr-mulohazalar.
Muvaffaqiyatli xarid qilish uchun mahsulotning barcha variantlari va fotosuratlarini ko‘ring, tavsifini, xaridorlarning fikrlarini o‘qing, narxlarni taqqoslang. Shuningdek, siz mahsulot haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni Internet orqali qidirishingiz mumkin.
Zarur bo‘lganda, sizda tovar haqida savollar paydo bo‘lsa, bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin va biz sizga bajonidil yordam beramiz!
Original tovarlar
Tovarning original ekanligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz mumkin:
- Originallik belgilaridan foydalaning. Bizning marketpleysimizda tekshirilgan original tovarlarni belgilab qo‘yamiz, bu esa ularni osongina aniqlash imkonini beradi.
- Tovar va qadoqning fotosuratlarini ko‘ring. Original tovarlar odatda brend logotipi, yoki gologramma, maxsus yorliqli himoya elementlariga ega bo‘lgan sifatli qadoqqa ega bo‘ladi.
- Tovar tavsifini o‘qing. Tovarning batafsil tavsifi va xususiyatlari bilan saytimizda tanishib chiqing. Original tovarlarda ularning xususiyatlari aniq yozilgan bo‘ladi.
- Narxlarni taqqoslang. Agar tovarning narxi bozor narxidan ancha past bo‘lsa, bu qalbaki mahsulot belgisi bo‘lishi mumkin. Bizning marketpleysimizda taklif etilayotgan aksiya va chegirmalarga e’tibor bering, chunki biz tez-tez brend tovarlari uchun aksiyalar o‘tkazib turamiz.
- Fikr mulohazalarga e’tibor bering. Ushbu tovarni sotib olgan boshqa xaridorlarning fikrlarini o‘qing. Bu sizga tovarning originalligi va sifati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Agar sizda hali ham tovarning originalligi haqida shubha bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Biz sizga yordam berishga tayyormiz!
Saralab olingan tovarlar
O‘zingizga yog‘gan mahsulotlarni saqlangan tovarlar ro‘yxatiga kiritishni unutmang! Bu sizga ularning narxlari, aksiya va omborda mavjudligini kuzatish imkonini beradi.
Tovarni saralanganlar ro‘yxatiga kiritish uchun mahsulot sahifasini oching va yurakcha shaklidagi belgini bosing. Siz o‘zingiz tanlagan tovarlar ro‘yxatini yurakcha belgisi bilan belgilangan «Saqlangan tovarlar» bo‘limidan topishingiz mumkin.
Tovarlarning sotuvda mavjudligi
Bizning marketpleysimizdagi tovarlar buyurtmalarning ko‘pligi sababli tezda sotilib ketadi va siz tanlagan tovar har doim ham sotuvda yoki kerakli miqdorda mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Kayfiyatingizni tushirmang: tovarlar yangi partiyalari muntazam ravishda kelib turadi va siz kelajakda buyurtma berishingiz mumkin. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun tovarlarni saqlangan tovarlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ying va tez-tez do‘konimizni tekshirib turing.
Agar tovar sotuvda yetarli miqdorda mavjud bo‘lmasa, siz hozir mavjud miqdorda buyurtma berishingiz mumkin, keyingi partiya sotuvga chiqqanda esa yangi buyurtma berishingiz mumkin.
Tovarlarni savatchaga qo‘shishingiz mumkin, lekin unutmang: mahsulot sotuvga chiqqanidan so‘nggina buyurtmani rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
Biz, siz tanlagan tovar o‘rnini a’lo darajada bosa oladigan boshqa tovarlarni ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Tavsiya etilgan barcha tovarlar yetarli miqdorda va maqbul narxlarda sotuvda bo‘lishi mumkin. Bu sizning ehtiyojlaringizga mos keladigan eng yaxshi variantni topishga yordam beradi.