Tovarlarni qaytarish
Qaytarish shartlari
O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:
- tovar yetkazib berilgunga qadar buyurtmani bekor qilib, undan voz kechish;
- kurerdan tovarni qabul qilib olish vaqtida undan voz kechish.
- xarid qilingan vaqtdan boshlab 10 kun ichida maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini qaytarish yoki almashtirish.
- nuqsonli nooziq-ovqat tovarning kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida, kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, olti oy mobaynida qaytarish yoki almashtirish.
Agar siz kurerdan tovarni olganingizda undan voz kechsangiz, buyurtma avtomatik ravishda bekor qilinadi va kurer sizga tovarni bermaydi.
Maqbul sifatli tovarni qaytarish
Xarid qilingan kundan boshlab 10 kun ichida siz har qanday nooziq-ovqat tovarni qaytarish yoki almashtirish huquqiga egasiz.
Avvalo, tovar quyidagi qaytarish talablariga mos kelishiga ishonch hosil qiling:
- tovar iste’molda bo‘lmagan;
- tovar shikastlanmagan;
- FLYMART shtrix kodli qadog‘i saqlanib qolgan;
- tovarning iste’mol xususiyatlari shikastlanmagan;
- FLYMART kompaniyasidan sotib olinganligini tasdiqlovchi tovar cheki mavjud;
- tovar qaytarilmaydigan yoki almashtirilmaydigan tovarlar toifasiga kirmaydi.
E’tibor bering: agar tovar aksiya bo‘yicha sotib olingan bo‘lsa va asosiy tovarga sovg‘a (bonus) sifatida boshqa tovarlar qo‘shib berilgan bo‘lsa, bunday tovar to‘plam hisoblanadi. Qaytarish shartlari uning barcha qismlariga, shu jumladan sovg‘alarga (bonuslarga) ham tatbiq etiladi.
Maqbul sifatdagi tovarni qaytarishga ariza berish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling. Buyurtma raqami va qaytarish sababini ko‘rsating. Bizning menejerlarimiz siz bilan bog‘lanadi va mahsulotni qaytarish bo‘yicha batafsil ko‘rsatma beradi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan, zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari RO‘YXATI:
- Uy sharoitlarida kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun tovarlar (metall, rezina, to‘qimachilik va boshqa materiallardan tayyorlangan sanitariya va gigiyena buyumlari, tibbiy buyumlar, priborlar va apparatlar, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi vositalari, ko‘zoynak linzalari, bolalarni parvarish qilish buyumlari, dori vositalari.
- Shaxsiy gigiyena buyumlari (tish cho‘tkalari, taroqlar, soch to‘g‘nog‘ichlar, soch bigudilari, ulama sochlar, shinonlar va boshqa shu kabi tovarlar.
- Attorlik-pardoz tovarlari.
- To‘qimachilik tovarlari (ip-gazlama, zig‘ir tolali, ipak, jun va sintetik gazlamalar, gazlama tusidagi noto‘qima materiallardan tayyorlangan tovarlar — lentalar, jiyaklar, to‘rlar va boshqalar); kabel mahsulotlari (simlar, shnurlar, kabellar); qurilish va pardozlash materiallari (linoleum, plyonka, gilam qoplamalar va boshqalar) hamda metrlab sotiladigan boshqa tovarlar.
- Tikuvchilik va trikotaj buyumlari (tikuvchilik buyumlari va trikotaj ichki kiyimlar, paypoq va qo‘lqop buyumlari).
- Polimer materiallardan tayyorlangan, oziq-ovqat materiallari bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan bir marta foydalaniladigan buyum va materiallar (oshxona va kuxnya idish-tovoqlari va anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun idishlar va o‘rov materiallari).
- Maishiy kimyo tovarlari, pestitsidlar va agroximikatlar.
- Mebel (mebel garniturlari va to‘plamlari).
- Qimmatbaho toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan, yarim qimmatbaho va sintetik toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, silliqlangan qimmatbaho toshlar (ularda sotib olungunga qadar sotuvchi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning bo‘sh mahkamlangani, yoriqlar, singan, tirnalgan joylar, g‘udurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlangan, davlat asillik darajasi tamg‘asi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izining zargarlik qotishmasining haqiqiy asillik darajasiga, buyum xususiyatining plombalangan yorliq ma’lumotlariga mos kelmagan holatlar bundan mustasno).
- Avtomobillar va motovelotovarlar, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar; qishloq xo‘jaligi ishlari uchun kichik mexanizatsiya ko‘chma vositalari; sayr qilish qayiqlari va boshqa maishiy suzish vositalari.
- Kafolat muddatlari belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar (metall qirquvchi va yog‘ochga ishlov beruvchi maishiy dastgohlar; maishiy elektr mashinalari va maishiy elektr priborlari; maishiy radioelektron apparat; maishiy hisoblash va ko‘paytirish texnikasi; foto va kinoapparatlar; telefon apparatlari va faksimil apparati; elektr musiqa asboblari; elektron o‘yinchoqlar).
- Hayvonlar va o‘simliklar.
- Kitoblar (FLYMART shartlari)
Nuqsonli tovarni qaytarish yoki almashtirish
Agar siz tovarning ishlab chiqarish, konstruktiv, tarkibiy yoki boshqa nuqsonlarini aniqlasangiz, siz quyidagi hollarda har qanday nooziq-ovqat tovarini qaytarish yoki almashtirish huquqiga egasiz:
- tovarning kafolat muddati tugamagan;
- tovarning yaroqlilik muddati tugamagan;
- agar tovar kafolat muddati va yaroqlilik muddatiga ega bo‘lmasa, tovar xarid qilingan kundan boshlab olti oy muddat o‘tmagan bo‘lsa;
- agar tovar kafolat muddatiga ega bo‘lsa, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat mavjud bo‘lsa;
- FLYMART orqali sotib olinganligini tasdiqlovchi tovar cheki mavjud bo‘lsa.
Nuqsonli tovarni qaytarishga ariza berish uchun qo‘llab quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Buyurtma raqami va qaytarish sababini ko‘rsating. Bizning menejerlarimiz siz bilan bog ‘lanishadi va mahsulotni qaytarish bo‘yicha batafsil ko‘rsatma berishadi.
Nuqsonli har qanday tovar FLYMART ekspertlari tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi va nuqson mavjudligini tasdiqlash uchun sotuvchiga topshiriladi.
Unutmang: FLYMART O‘zbekiston Respublikasining **«Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»**gi Qonuni doirasida sizning barcha e’tirozlaringizni ko‘rib chiqadi va to‘g‘ri qaror qabul qiladi.
Da’volarni ko‘rib chiqish muddatlari
Ekspertiza jarayonida tovarning ishlab chiqarish, konstruktiv, tarkibiy yoki boshqa nuqsonlari tasdiqlangan taqdirda, Sotuvchi kamchiliklarni 20 kun ichida bepul bartaraf etadi.
O‘xshash markali (modelli, artikulli) tovar mavjud bo‘lmaganda, almashtirish haqidagi talabingiz da’vo qilingan vaqtdan boshlab bir oy ichida qondiriladi. Cho‘l va chekka hududlar uchun sizning talabingiz ushbu hududlarga navbatdagi tovarlarni yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan muddatda, lekin ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda qondirilishi mumkin.
To‘lovni qaytarish
Ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng tovarlar qaytarilgan taqdirda, to‘lov summasi 48 soat ichida qaytariladi. Hisobingizga mablag‘ qaytishini aniq muddati sizga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
E’tibor bering, maqbul sifatli tovarlar qaytarilganda, faqat tovarning qiymati hisobga olinadi; yetkazib berish narxi qaytarilmaydi.
Agar asosiy tovar aksiya bo‘yicha sovg‘a (bonus) sifatida qo‘shimcha tovarlar bilan sotib olingan bo‘lsa, bunday tovarga to‘plam sifatida qaraladi. To‘lovlarni qaytarishda to‘plamning barcha tarkibiy qismlari, shu jumladan sovg‘a (bonus) tovarlarning holati ham hisobga olinadi.