Sozlamalar va xavfsizlik talablari
Sozlamalar
Akkauntingizni sozlash, shaxsiy ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki yangilash uchun profilingizni (odam qiyofasidagi ikonka) oching va «Sozlamalar» bo‘limiga o‘ting. Profil orqali quyidagi ma’lumotlarni sozlash mumkin:
- Shaxsga doir ma’lumotlarni (ism, familiya, tug‘ilgan sana, fotosurat) o‘zgartirish;
- Yetkazib berish manzillarini qo‘shish, o‘zgartirish yoki o‘chirish;
- Tezkor onlayn to‘lov uchun bank kartalarini qo‘shish, o‘zgartirish yoki olib tashlash;
- Buyurtmalaringiz holati va xaridlar tarixini ko‘rish;
- Barcha xaridlaringiz uchun cheklarni ko‘rish;
- Faol seanslarni boshqarish, shu jumladan boshqa qurilmalarda seanslarni yakunlash imkoniyati;
- Akkauntdan chiqish;
- Zarur holatlarda akkauntni o‘chirish.
Profilni to‘g‘ri sozlash sizga buyurtmalarni oson va qulay rasmiylashtirish va kuzatib turish, xarid cheklarini saqlash imkonini beradi, shuningdek, yuzaga keladigan har qanday savollarni tez va samarali hal qilishda bizga yordam beradi.
Xavfsizlik va firibgarlikdan himoyalanish
Xavfsizlikni ta’minlash va o‘zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
- Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon ulashmang. Telefon raqamingiz, SMS shaklida kelgan bir martalik kodlar yoki boshqa har qanday maxfiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bildirmang. Bu ma’lumotlardan hisobingizga ruxsatsiz kirish uchun foydalanishlari mumkin.
- Faqat rasmiy saytdan foydalaning. Brauzeringiz manzillar qatoridagi URL manzilni tekshirib, rasmiy saytimizda ekaningizga ishonch hosil qiling. Hech qachon shubhali yoki noma’lum saytlarga ma’lumotlaringizni kiritmang.
- Ilovalarni faqat rasmiy manbalardan o‘rnating. Bizning mobil ilovamizdan foydalaning, uni faqat Google Play yoki App Store orqali yuklab oling. Biz hech qachon ilovalarni boshqa manbalardan o‘rnatishni taklif qilmaymiz.
- Faol seanslarni nazorat qiling. Profilingiz sozlamalaridagi faol seanslar ro‘yxatini muntazam ravishda tekshirib turing va siz foydalanmayotgan qurilmalardagi barcha seanslarni yakunlab tashlang.
- Xaridlarni faqat FLYMART hisobingiz orqali amalga oshiring. Biz boshqa platformalar, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtmalarni qabul qilmaymiz.
- To‘lovni faqat buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida amalga oshiring. Biz hech qachon kartadan kartaga pul o‘tkaziosh orqali yoki rasmiy buyurtmadan tashqari boshqa usullar bilan to‘lov qilishni talab qilmaymiz.
- Promokodlarni sotib olmang. Biz promokodlarni sotmaymiz va boshqa manbalardan olingan promokodlarni qabul qilmaymiz. Biz turli kanallarga obuna uchun promokodlar taklif qilmaymiz. Barcha promokodlar va aksiyalar faqat rasmiy saytimizda e’lon qilinadi.
- FLYMART rasmiy sayti va ijtimoiy kanallarida aksiya va promokodlarni kuzatib boring. Biz muntazam ravishda bozor narxlaridan ancha past narxlarda sifatli va original tovarlarga aksiyalar o‘tkazib turamiz. Bu sizga sifatga va brendning haqiqiyligiga kafolat bermaydigan, past narxlarda tovarlar taklif qiluvchi firibgarlardan extiyot bo‘lishga yordam beradi.
- Biz bilan bog‘laning: Har qanday shubhali vaziyatda +998 (78) 150 90 90 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling, biz soat 8:00 dan 22:00 gacha qo‘ng‘iroqlarni qabul qilamiz.
- Bizga Telegram orqali xabar bering, @flymart_support_bot orqali murojaatlar cheklovlarsiz qabul qilinadi.
Agar firibgarlik qurboni bo‘lsangiz:
- Huquqni muhofaza qilish organlariga zudlik bilan ariza bilan murojaat qiling. Barcha mumkin bo‘lgan dalillarni, havolalar, skrinshotlar, yozishmalarni saqlab qolishga harakat qiling.
- Agar siz shubhali sayt yoki ilovada bank kartangiz ma’lumotlarini kiritgan bo‘lsangiz, kartangizni bloklash va mablag‘ o‘g‘irlanishining oldini olish uchun darhol sizga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qiling.
- Firibgarlikka shubha tug‘ilsa, darhol bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling. Biz sizga kerakli yordam va tavsiyalar berishga harakat qilamiz.