Yetkazib berish
Yetkazib berish narxi
Buyurtmalarni Toshkent shahri hududida yetkazib berish bepul amalga oshiriladi. Boshqa hududlar uchun yetkazib berish narxi 30 000 so‘mni tashkil qiladi. Yetkazib berishning aniq narxi har doim buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida sizga ko‘rinib turadi.
Yetkazib berish FLYMART kurerlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Uzoq hududlarga yetkazib berish FLYMART bilan hamkorlik shartnomasi tuzgan boshqa kurerlik xizmati tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Yetkazib berish muddati
Buyurtmangizni yetkazib berish muddati ko‘rsatilgan manzilga bog‘liq. Odatda yetkazib berish muddati 1 kundan 3 kungacha vaqt oladi. FLYMART buyurtmani sizga imkon qadar tezroq yetkazib berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Kurerlar buyurtmalarni soat 10:00 dan 22:00 gacha yetkazib berishadi. Yetkazib berish xizmatimiz ko‘rsatilgan manzilga borishdan avval ko‘rsatilgan telefon raqami orqali siz bilan bog‘lanadi. Agar yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, bizning menejerlar sizni albatta xabardor qilishadi.
Agar siz belgilangan vaqtda buyurtmani qabul qila olmasangiz, xavotir olmang. Yetkazib berish xizmati siz bilan bog‘lanadi va siz yangi vaqtni kelishib olishingiz mumkin.
Iltimos, har doim aloqada bo‘ling, notanish raqamlardan qo‘ng‘iroqlarga javob bering yoki, darhol javob bera olmasangiz, qayta qo‘ng‘iroq qiling.
Agar savollaringiz bo‘lsa, qo‘llab quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling va biz ma’lumotlarni aniqlashtirishda yordam beramiz.
Yetkazib berish shartlari
Buyurtma tarkibidagi barcha tovarlar bir vaqtda yetkazib beriladi. Biroq, kamdan-kam hollarda, agar buyurtmada juda yirik tovarlar yoki tovarlarning o‘ziga xos turlari mavjud bo‘lsa, yetkazib berish qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi mumkin.
Yetkazib berish manzilini qanday o‘zgartirish mumkin?
Afsuski, buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng sayt yoki ilova orqali yetkazib berish manzilini mustaqil ravishda o‘zgartira olmaysiz, chunki biz darhol buyurtmani tayyorlash va va yetkazib berish jarayonini boshlaymiz. Agar manzilni o‘zgartirish juda ham zarur bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling - biz sizga yordam berishga harakat qilamiz.