Перейти к основному содержимому

Buyurtma uchun to‘lovni amalga oshirish

Buyurtma qilish uchun siz quyidagi to‘lov usullaridan birini tanlashingiz mumkin:

alt text

  • Onlayn karta orqali – Tizimda ro‘yxatga olingan karta orqali to‘lovni amalga oshirish.
  • Muddatli to‘lov – Tovarni hamkorlar orqali uchun muddatli to‘lovga olish.
  • To‘lov tizimi yordamida – O‘zingizga qulay to‘lov tizimi yordamida to‘lovni amalga oshirish.
  • Qabul qilingandan keyin to‘lash – Siz to‘lovni buyurtma yetkazib berilgan vaqtida naqd pul orqali amalga oshirasiz

Onlayn karta orqali to‘lovni amalga oshirish

Onlayn karta orqali to‘lovni amalga oshirish uchun sizning kartangizda buyurtma uchun to‘lovni amalga oshirish uchun yetarlicha mablag‘ mavjud bo‘lishi kerak.

alt text

Siz «Boshqa karta tanlash» tugmasini bosib o‘zingizga tegishli kartalardan birini tanlashingiz mumkin. Agar siz kerakli bank kartangizni tizimda ro‘yxatdan o‘tkazmagan bo‘lsangiz, «Yangi karta qo‘shish» tugmasini bosing va o‘z kartangizni ro‘yxatdan o‘tkazing.

alt text

alt text

Bank kartasi raqamini, amal qilish muddatini, kartaga biriktirilgan telefon raqamini kiriting. Kartaga bog‘langan telefon raqamingizga SMS orqali bir martalik nazorat kodi yuboriladi. Kodni kiriting va karta raqamingiz doimiy xaridlar uchun saqlanib qoladi. Endi siz istagan vaqtda kerakli karta orqali to‘lovni tezkorlik bilan amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma maʼlumotlarni yana bir bor tekshirib, «To‘lovga o‘tish» tugmasini bosing.

To‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish

Agar siz buyurtma uchun to‘lovni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishni istasangiz, buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida «To‘lov tizimi yordamida» to‘lov usulini tanlang.

alt text

Bizning hamkorlarimiz ro‘yxatidan o‘zingiz doimiy foydalandigan to‘lov tizimini tanlang va «To‘lovga o‘tish» tugmasini bosing. Buyurtma tasdiqlanishi bilan, to‘lovni amalga oshirish uchun siz tanlagan to‘lov tizimining tegishli sahifasi ochiladi. To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lov sahifasida ciz karta raqamingizni yoki tizimida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamingizni kiritishingiz kerak bo‘ladi. To‘lovni tasdiqlash uchun kartaga bog‘langan telefon raqamiga SMS habar orqali bir martalik xavfsizlik kodi yuboriladi. Siz ushbu kodni orqali to‘lovni tasdliqlashingiz kerak. Agar siz buyurtma uchun to‘lovni keyinroq amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, to‘lov sahifasidan chiqib ketishingiz mumkin, va keyinroq, 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma maʼlumotlarini va to‘lov holatini Flymart shaxsiy kabinetingizda, «Mening buyurtma va xaridlarim» bo‘limida ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

alt text

Buyurtmani qabul qilgandan keyin to‘lovni amalga oshirish

Agar siz to‘lovni buyurtmani qabul qilib olgandan so‘ng to‘lashni istasangiz, u holda buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida «Qabul qilgandan keyin to‘lash» to‘lov usulini tanlang.

Buyurtma yetkazib berilganda sizda to‘lov uchun yetarlicha miqdorda naqd pul ko‘rinishida mablag‘ borligiga ishonch hosil qiling va «To‘lovga o‘tish» tugmasini bosing. Siz tez orada ishga tushishi kutilayotgan «Qabul qilib olgandan keyin karta orqali (terminal)» to‘lov usuli yordamida buyurtmani qabul qilib olgandan so‘ng karta orqali ham to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

alt text

Muddatli to‘lov orqali xarid qilish

Endi siz Flymart orqali tovarlarni muddatli to‘lovga olishingiz mumkin. Muddatli to‘lovni rasmiylashtirish uchun «Muddatli to‘lov» usulini tanlang. Sizga «inTrend», «Uzum Nasiya» kabi hamkorlarimiz muddatli to‘lov uchun o‘z xizmatlarini va siz uchun qulay muddatlarni taklif etishadi.

Siz muddatli to‘lov uchun o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan hamkorlarimizdan birini va ular taklif etayotgan to‘lov muddatini tanlashingiz kifoya. Buyurtma maʼlumotlarni yana bir bor tekshirib, «To‘lovga o‘tish» tugmasini bosing.

Eslatma

Siz o‘zingizga qulay muddatli to‘lov tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz va buyurtma uchun to‘lovni amalga oshirish uchun yetarli miqdorda limitga ega bo‘lishingiz kerak. Biz buyurtmani muddatli to‘lovga olishdan avval kerakli hamkorlar tizimida ro‘yxatdan o‘tishni taklif etamiz. Ro‘yxatdan o‘tish davomida siz o‘zingizga ajratilishi mumkin bo‘lgan limitni aniqlashingiz, limit olishingiz va muddatli to‘lovlarni doimiy nazorat qilib turishingiz mumkin bo‘ladi. Muddatli to‘lov shartlari, limit miqdori va ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida batafsil maʼlumotlarni siz hamkorlarimizning rasmiy manbalaridan topishingiz mumkin.