Перейти к основному содержимому

Uzum Nasiya orqali muddatli to‘lov.

Uzum Nasiya – bu to‘lovni kechiktirganlik uchun jarima yoki penya nazarda tutmaydigan va mijozlar bilan shaffof hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi muddatli to‘lov xizmati. Uzum Nasiya sizning to‘lov qobiliyatingizni (skoring) tahlil qiladi va ikkita tarif doirasida limitlarni taqdim etadi:

  • Limit Start - 3 oy muddatga ustamasiz va boshlang‘ich to‘lovsiz 5 million so‘mgacha;
  • Limit Max - 6 va 12 oyga boshlang‘ich to‘lovsiz 20 million so‘mgacha.

Siz Flymart orqali xaridlarga muddatli to‘lov uchun qancha miqdorda limit ajratilishini bilib olishingiz uchun Uzum Nasiya saytiga (https://uzumnasiya.uz) kiring yoki havolasini yuklab oling. Siz telefon raqamingizni kiritish orqali to‘lov qobiliyatingizni (skoring) tahlilini bilib olishingiz mumkin.

Siz 3 oylik muddatli to‘lovlarga 5 000 000 so‘mgacha limit olish uchun «Limitni olish» tugmasini bosing va ro‘yxatdan o‘ting. Buning uchun: • Telefon raqamingizni kiriting • Tasdiqlash kodini kiriting • Pasport maʼlumotlarini kiriting • Tug‘ilgan sanani kiriting • Shaxsni tasdiqlashdan o‘ting

Limitingizni 20 000 000 so‘mgacha oshirish uchun esa siz oylak kartangizni qo‘shishingiz va ishonchli shaxslar maʼlumotlarini kiritishingiz kerak bo‘ladi.