InTend orqali muddatli to‘lov
InTend – bu mahsulotlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan sotib olishda foydalaniladigan raqamli platforma. InTend yordamida Flymart do‘konida o‘zingiz yoqtirgan mahsulotni keyinchalik bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan olishingiz mumkin. Flymart orqali tovarlarni muddatli to‘lov olish uchun siz InTend tizimida ro‘yxatdan o‘tishingiz zarur. InTend tizimida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, Sizga mahsulotlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarib qilishingiz uchun 24,5 mln. so‘mgacha cheklov miqdori taqdim etiladi. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 12 oy muddatga beriladi. InTend tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun tizim saytiga kiring (https://intend.uz).
Qadam 1. Ro‘yxatdan o‘ting.
«Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasini bosing, o‘z smartfoningizga myid.uz mobil ilovasini yuklab oling. Ushbu ilovani ochib, pasport maʼlumotlari va telefon raqamingizni kiriting, old kamera orqali tekshiruvdan o‘ting, “Kirish” tugmasini bosing, asl pasportingizning shaxsiy maʼlumotlar va foto joylashgan sahifasini birinchi katakka, asl pasportni qo‘lga ushlagan holda tushgan selfingizni ikkinchi katakka yuklang. Keyin UZCARD yoki HUMO ish haqi bank kartangiz maʼlumotlarini kiriting. Sizning kartangiz SMS orqali haqiqiy telefon raqamiga biriktirilgan bo‘lishi lozim.
Qadam 2. Cheklov miqdorini bilib oling.
Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, Sizga foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga kirish imkoni beriladi, bu yerda Siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan mahsulotlarni xarid qilish uchun taqdim etilgan cheklov miqdori to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Qadam 3. Xaridlarga kirishing.
Flymart orqali kerakli mahsulotlarni qidirib toping va buyurtmani rasmiylashtiring.